O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi
2019 yilning yanvar-centyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 8,5 mlrd AQSh dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,2 %ga oshgan.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 13,6 mlrd AQSh dollariga (o‘sish sur'ati – 45,5 %) va import hajmi esa 17,9 mlrd AQSh dollariga (o‘sish sur'ati – 31,5 %) yetdi. Hisobot davrida 4,2 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,7 %), Rossiya Federatsiyasida (14,9 %), Qozog‘istonda (8,3 %), Koreya Respublikasida (6,6 %), Turkiyada (5,8 %), Germaniyada (2,4 %) va Qirg‘izistonda (2,0 %) qayd etilgan.
2019 yilning III choragida tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va joriy yilning ikkinchi choragi bilan taqqoslaganda 16,4 foizga o‘sdi.
2019 yilning 3 choragida tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmida import ulushining kamayishi (58,1 %dan 56,2 %ga), eksport ulushining esa ko‘payishi (41,9 %dan 43,8 %ga) kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasining choraklik tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tashqi savdoda eksport ulushi 8,9 foiz punktga o‘sdi.
2019 yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 10,7 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi va O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 33,8 %ga yetdi. Qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi o‘zaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 37,7 %, shundan eksportning 42,6 % va importning 33,9 % qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,2 %ga yetib (20,9 mlrd AQSh dollari) o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 47,8 %ga oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (424,2 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston (423,7 mln. AQSh dollari), Tojikiston (104,0 mln. AQSh dollari), Fransiya (44,0 mln. AQSh dollari) va Eron (6,1 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
-
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Jahon | 10:45
-
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 10:21
-
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari
Sport | 10:13
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi
15:40 / 18.01.2025
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
16:47 / 30.12.2024