Ayni paytda 13 ming kmdan ortiq yuqori bosimli quvurlardan iborat gaz transport tizimi va muhandislik inşootlariga xizmat körsatuvçi “Öztransgaz” AJ jamoasida 820 nafar xotin-qizlar ham mehnat qiladi. Ular orasida rahbarlar, muhandis, dispetçer, operator va çilangarlik kabi ayollar uçun murakkab bölgan kasb egalari bor. Maqolada yönalişda amalga oşirilgan işlar va tajribali xodimalar haqida söz yuritamiz.

Foto: Öztransgaz

Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmasi nazorat ölçov asboblari va avtomatika bölimi xodimi Irina Fattaxova ulardan biri. Gazli şahrida tuğilgan Irinaga gazçilik ota kasb. Tizimda işlovçi xodimlar turli millat vakillari ekani ham e’tiborli jihat. Tatar qizi Irina bugun baynalminal jamoada turli millat vakillari bilan ahillikda işlamoqda.

Irina Fattaxova

Tajribali mutaxassis I.Fattaxova avval "Gazlitransgazqazibçiqariş" boşqarmasida muhandis bölib iş boşlagan bölsa, keyingi 10 yildan ortiq hayoti Gazli MGQB bilan çambarças boğliq. Bugun 5-"B" gaz siquv kompressor stansiyasi muhandisini mehnat jamoasidagilar hurmat qiladi. Magistral gaz quvurlari tarmoğida bunday ayollar oz emas. Yurtimizda xotin-qizlarga e’tibor ortib, masalaga davlat siyosati darajasida qaralayotgan keyingi paytlarda “Öztransgaz” AJda ham bu boradagi işlar yangi bosqiçda olib borilyapti. Xususan, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tibbiy körik va sport musobaqalari şular jumlasidan. Ayniqsa, Jamiyat rahbarining tizimdagi xotin-qizlar bilan uçraşib mavjud holatni bevosita ayollarning özlaridan eşitiş tartibi yölga qöyilgani e’tiborli. Bunday samimiy suhbatlarda yangi taşabbuslar, ğoyalar ilgari surilmoqda. Mavjud muammolarni yeçiş, şaroitlarni yanada yaxşilaş maqsadida sa’y-harakatlar amalga oşirilyapti.

Rais bilan uçraşuv

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimiz ayollarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, barça sohada gender tenglikni ta’minlaş, xotin-qizlarning huquqiy himoyalanişi hamda ijtimoiy muhofazasi masalasida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlaş maqsadida tarmoq ayollarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, muammolarini hal qiliş, rağbatlantiriş, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga aloqador masalalarni tahlil qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş borasidagi işlarni yanada jonlantiriş uçun Boşqaruv raisining Xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy qilindi. Bu yangilik – yönalişda yangi sahifa oçdi va tadbirlar qamrovini kengaytirişga imkon beradi. Bugun Zomin tumanida “Öztransgaz ayollari, birlaşaylik!” mavzusida ötkazilgan 4-forumda bu haqida iştirokçilarga ma’lumot berildi.