Toşkent şahrining Mirobod tumanida jabrlangan «Tez yordam» xodimi «Soğliqni saqlaş a’loçisi» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
16 oktyabr kuni Toşkent şahri Mirobod tumanida çaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovçisi kaltaklangani xabar qilingandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, vazir Behzod Musayev neyroxirurgiya bölimida davolanayotgan uşbu bemor holidan xabar oldi. Dastlabki tekşiruvlar natijasida unga «Boş miya yopiq şikastlanişi, boş miya çayqalişi, çap tizza sohasi yumşoq töqimalarining lat yeyişi» taşxisi qöyilgan.
«Afsuski, keyingi paytlarda öz xizmat vazifasini ötayotgan şifokor va hamşiralar, ayniqsa, «Tez yordam» xodimlariga nisbatan kuç işlatiş holatlari tez-tez uçramoqda. Aholining soğliğini himoya qilişda özini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunçilikda qat’iy javobgarlik belgilanişi ustida işlanmoqda. Öylaymanki, qonunçilikka kiritilayotgan bu özgarişlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilişda muhim asos böladi», dedi Behzod Musayev.
Vazir bemor bilan muloqot davomida unga tezroq soğayişini tilab, muştumzör fuqaroga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo belgilanişi uçun barça zarur çoralar körilişini ma’lum qildi.
«Suhbat davomida bemor öz holidan xabar olgani kelgan vazirga alohida minnatdorlik bildirib, 64 yoşga kirganiga qaramay, xalq salomatligi yölida ğayrat-şijoat bilan mehnat qilişdan tolmasligini, otasi tengi insonga, qolaversa, tibbiyot brigidasi tarkibida çaqiruv manziliga borgan şifokor ayolga qöl kötargan kimsa esa qonun oldida javob berişiga qat’iy işonişini ta’kidladi», deyiladi xabarda.
Muloqot söngida öz xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondaşib, muhim daqiqalarda tezkorlik va professionallik sifatlarini namoyon etgan tez tibbiy yordam brigadasi xodimiga «Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş a’loçisi» kökrak nişoni berildi.












