2018 yilda Özbekiston Milliy universitetida kapital ta’mirlaş işlari amalga oşirilgan. Bir yil davom etgan ta’mirlaş işlari davomida nodir qölyozmalar saqlanuvçi universitetning tarix muzeyidagi aşyolar tipografiya xonasiga köçirib turilgan.

Lekin universitetning asosiy binosi va muzey xonalari ta’mirlab bölinganidan keyin ham muzeydagi aşyolar, xususan, nodir kitoblar va qölyozmalar öz joyiga qaytarib qöyilmagan.

Kun.uz'ga murojaat qilgan vaziyatdan xabardor şaxslarning aytişiça, nodir kitoblar va qölyozmalar saqlanayotgan muzey 3 yildan buyon qayta oçilmayotganiga sabab u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bölişi mumkin.

Nodir qölyozmalar muzeyi haqida

Uşbu muzey 2006 yil 31 martda taşkil qilingan. 2018 yil Milliy universitet 100 yilligiga bağişlab çop qilingan kitobda Nodir qölyozmalar muzeyida 1465 nomdagi arab yozuvi özbek, fors, turkiy, arab va tojik tillaridagi qölyozma kitoblar, xat va hujjatlar saqlanişi aytilgan. Şuningdek, muzeyda mavjud bölgan köplab qölyozma kitoblar haqida ma’lumot berilgan.

ÖzMU Nodir qölyozmalar muzeyi, 2018 yilga qadar bölgan holati
Foto: ÖzMU kutubxonasi
ÖzMU Nodir qölyozmalar muzeyi, 2018 yilga qadar bölgan holati
Foto: ÖzMU kutubxonasi

Ta’mirdan keyin ham tiklanmagan uşbu muzey faoliyati yuzasidan prezident portaliga va Oliy ta’lim vazirligiga murojaatlar yöllangan. Uşbu murojaatdan keyin Milliy universitet rektori Inomjon Majidovning buyruği bilan joriy yil 15 noyabr kuni işçi guruh tuzilib, nodir qölyozmalar muzeyidagi aşyolar bir hafta içida xatlovdan ötkazilişi belgilanadi. 

Buyruq va işçi guruh röyxati
Foto: Kun.uz

Işçi guruh a’zolaridan birining aytişiça, muzeyga tegişli bölgan nodir qölyozmalar xatlovdan ötkazayotgan işçi guruhga ÖzMU Axborot-resurs markazi direktori Irina Kislisina muzeyda ta’mirlaşgaça bölgan inventar – aşyolar röyxatini bermagan.