Andijon voqealari, içki işlardagi «tozalaş» va militsiya qanday işlaşi haqida. Zokirjon Almatov bilan katta intervyu
|20:30 / 21.06.2020138 21711 min
Andijonda qölga olingan fuqaro IIB xodimlari tomonidan qiynoqlar qöllanişi oqibatida vafot etişi keng muhokamaga sabab böldi. Mana şu voqea, umuman içki işlar organlari atrofidagi boşqa savollarga javob oliş maqsadida 1991-2006 yillarda Içki işlar vaziri bölib işlagan, ayni damda vazir maslahatçisi hisoblangan general-polkovnik Zokirjon Almatov bilan suhbatlaşdik.
– Keling, suhbatni bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblangan pandemiya haqidagi savol bilan boşlasak. Bu holat Içki işlar vazirligini ham «oyoqqa turğazgan». Butun dunyoga tarqalgan pandemiya vaqtida xodimlarning holati qanday? Safarbarlik qay darajada?
– Avvalo bu vaziyatda xalqimizga sabr tilayman. Hozir içki işlar idoralarining köplab xodimlari kasallikning oldini oliş va jamoat tartibini saqlaş işlariga safarbar qilingan. Aksar xodimlarimiz bu vazifani sidqidildan bajarmoqda.
– Odamlar içki işlar xodimlari faoliyatining faqat yuzini köradi. Bu kasbning biz bilmagan tomonlari, qiyinçiliklari, xodimlarning odamlar bilmaydigan iş tartibi haqida gapirib bersangiz.
– Oddiy vaqtlarda, masalan, pandemiya bölmagan, Sardobadagi halokat bölmagan vaqtda biz hukumat qarorlariga asosan işimizni taşkil etamiz. Keyingi paytlarda «xavfsiz poytaxt», «xavfsiz hudud» tuşunçalari paydo böldi. Bu jinoyatçilikning, avvalo uyuşgan jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan. Hozirda şaharlarimizda, şaharçalarimizda uç smenali işlar taşkil etilgan.
Şu örinda bir narsani aytmoqçiman, bu gapni xalq bilan uçraşuvlarda ham aytganman: içki işlar xodimi ham şu xalqning vakili, oddiy dehqon, oddiy tadbirkor, oddiy işçining farzandi. Uning ham öz oilaviy muammolari, qiyinçiliklari bor. Içki işlar xodimi ham boşqa işçilar kabi 2,5-3 million oylikka işlaydigan odam. Ammo uning kun tartibidagi işi uçun vaqt belgilanmagan.
Biz içki işlar idoralariga işga kirayotganda qasamyod qilganmiz. Qanday holat bölişidan qat'i nazar kun tartibiga rioya qiliş degan narsa yöq degan mazmunida. Keça-yu kunduz öz vazifamizni bajaramiz, deb qasamyod qilganmiz. Unda xalqimizning tinçligi uçun kerak bölsa jonimizni fido qilamiz, deb qasamyod qilganmiz.
Içki işlar xodimlari faoliyatining qiyinligi haqida gapirganda bir narsani ta'kidlamoqçiman. Hozir yoşlarning militsiya xodimlariga qarşilik körsatiş holatlari köp sodir bölyapti va aksar hollarda bunga atrofdagi odamlar tomoşabin bölib qarab turibdi. Pandemiya vaqtida bunga öxşaş önlab holatlar kuzatildi. Vaholanki, biz hukumatning topşiriğini bajaryapmiz. Axir biz odamlarga «hurmatli haydovçi» yoki «hurmatli fuqaro» deb murojaat qilyapmiz. Bizga odamlarga qöpollik qilmaslik haqida körsatmalar berilgan.
Mavzuga oid
Yaqinda Sirdaryoda bölgan voqeani olaylik. Xodim haydovçini töxtatib guvohnoma sörayapti, haydovçi esa militsiya xodimining qölidan uşlab olib maşinasida sudrab ketgan. Pandemiya vaqtida niqobsiz köçada yuriş, kimningdir uyida qimorbozlik taşkil etiş yoki fohişabozlik bilan şuğullaniş... Bular nafaqat jinoyatga, balki kasallik keng tarqalişiga olib keladi. Şu örinda xalqimizdan iltimos qilib qolaman, yoşlarimizga töğri yöl körsataylik.
Yaqinda bir haydovçi xodimdan sörayapti: «Sen şu marşrutga qöyilganmisan yoki boşqa yerda işlaşing kerakmi?» deb. Bir narsani unutmaslik kerak, içki işlar xodimining oldiga har qanday vaqtda formadami yoki boşqa holatda jinoyatning oldini oliş vazifasi qöyilgan!
– Xalqimizda qars ikki qöldan çiqadi degan gap bor. Guruç kurmaksiz bölmaydi. Xalqimiz orasida militsiyaga qarşilik qiliş holatlari uçragani kabi içki işlar organlari xodimlari orasida ham qöpollikka yöl qöyadiganlar uçrab turibdi. Birgina xodimning işi odamlar tomonidan butun boşli vazirlikni qoralaşga sabab bölişi mumkin. Mana şunday holatlarning oldini oliş maqsadida qanday işlar qilinmoqda.
– Afsus bilan aytaman, bizning xodimlar orasida ham özini tuta olmaydigan, öz lavozimini öylaydiganlar uçrab turadi. Yaqinda Andijonda bölgan voqeani nadomat bilan gapiraman... Bir yigit içki işlar organlari xodimlari harakatining qurboni böldi. Bu xudbin, içki işlar xodimlarining nomiga doğ tuşirgan odamlar keça-yu kunduz işlayotgan boşqa xodimlarning obrösiga putur yetkazdi. Ular militsiyaga xoinlik qildi.
Içki işlar rahbariyati, Andijon viloyat IIB, Andijon viloyat hokimligi vafot etgan fuqaroning uyiga borib hamdardlik bildirişdi, uzr söraşdi. Afsuski bunday voqealar bölib turibdi. Bunaqa xodimlarga qarşi keskin çora körilmoqda. Ularni işdan haydaş, kerak bölsa qonuniy çora köriş vazifasi berilgan. Bunday hodimlar avval ham jazolangan, bundan keyin ham jazolanadi.
Biz xodimlarimiz bilan uçraşuvda doim aytamiz: sen mana şu xalqning vakilisan, oddiy oilada voyaga yetding, nima maqsadda organga işga kirayapsan? Boyiş uçun, kimnidir qasddan qamaş uçun bölsa, boşqa joyga bor, xalqning xizmatini qilmoqçi bölsang, sendan yaxşi içki işlar xodimi çiqadi, deymiz.
Biz har ikki yilda xodimlarimizni şahodat testidan ötkazamiz. Ularning ruhiy holatini aniqlaş uçun testlar qilamiz. Şunday bölsa-da, öz manfaatini öylaydigan xodimlar hamon uçrab turibdi. Biz tizimni bundaylardan tozalaş uçun qölimizdan kelganini qilyapmiz. Içki işlar vazirligining obrösi bitta xodimning harakatiga boğliq bölib qolişi ham mumkin.
Jinoyat qilgan odam ham şu xalqning farzandi. U öz-özidan jinoyatçi bölib qolmaydi. Qanaqadir omillar sabab böladi, balki ehtiyotkorlik sabab jinoyat sodir etgandir. Nima uçun uni inson deb bilmasdan azoblaş kerak? Biz işçilarimizga «Maqsading odamlarni qamaş bölsa, senga bizning oramizda joy yöq, kemadan tuşib qol deyapmiz».
– Bir gapni köp eşitganmiz, hatto ba'zan yöl harakati qoidasini buzib qöyganimizda töxtatgan xodim ham hazil aralaş «plan bor», deb aytib qoladi. Ya'ni, tergovçida ham plan bor, YHXXda ham plan bor, qölimizga ertalabdan şunça protokolni berib çiqarvorişdi, deb aytişadi. Bu köproq jarima soliş, odamlarni köproq jazolaşga sabab bölmayaptimi?
– Bunaqasi avval ham bölgan. Ba'zi rahbarlar öz işini samarador qilib körsatiş uçun şunday qiladi. Men vazir bölgan vaqtda ham bundaylar bor edi, balki hozir ham bordir. Lekin Içki işlar vazirligi rahbariyati bunga qarşi kuraşadi. Bugun neçta protokol qilding, bugun neçta mast topding, deb söroq qilinadigan holatlardan yiroqmiz. Bizning asosiy vazifa tinçlikni, köçalarda odamlar ölmasligini ta'minlaş.
Şu yil davomida 630dan ortiq odam avtohalokat sabab halok böldi. 1,5 mingdan ortiq kişi jarohat oldi. Nima uçun? Kimdir qoidani buzgani yoki texnika nosoz bölgani uçun. Kim ölganlarning bola-çaqasiga javob beradi? Şuning uçun yöldagi xodimlar mas'uliyat his qilişadi. Töğri, biz xodimlardan ularning hududida sodir bölgan avariyalar uçun hisob söraymiz, ammo bugun neça kişini jarimaga tortding, deb söramaymiz. Bunga barham berildi.
Menimça, haydovçilar ham munosabatini özgartirişi kerak. Axir öz vazifasini bajarayotgan xodimga faqat yomon gapirişsa, uni hurmatsiz qilişsa, u beparvo bölib qoladi. Şu sabab biz xodimlarga beparvo bölmang, deymiz. Ba'zan bizda ham uçrab turişi mumkin, biz ham odammiz, yuragimiz, qalbimiz bor, ammo biz ham menga desa yonib ketmaydimi, deb ötib ketadigan bölsak, nima böladi? Şu sabab xodimlarni himoya qiliş vazifalarimizdan biri. Xodimimizni himoya qilolmasak, biz qanaqa rahbarmiz?
Ba'zi deputatlarimiz içki işlar tizimini isloh qiliş kerak deyapti, lekin bizning tizimda prezident farmonlariga köra islohotlar davom etmoqda. Buni biliş uçun prezident farmonlarini, qarorlarini öqiş kerak. Islohotlar nimaning evaziga bölmoqda? Avvalo, davlatda qonun ustuvorligini ta'minlaşga bölgan harakat, xalqimizning Allohga işonişi, imoni mustahkamligi va xodimlarning mehnati sabab bugungi natijalarga erişyapmiz.
– Odamlarni keçiriş haqida gapirdik. Aytaylik, bir kişi jinoyat sodir qildi, içki işlar xodimi uni jazolamay suhbat ötkaziş bilan çeklandi yoki bölmasa öz hududida jinoyat köpaymasligi uçun uni qayd etmadi, xullas keçirdi. Ammo vaqt ötib öşa odam jinoyat sodir etdi. Mana şunday holatlar uçun içki işlar vazirligida qanday yöl tutişning aniq tartibi mavjudmi?
– Bilasizmi, odamning içida nima borligini biliş oson emas. Insonni içida «şaytonning bolasi» bor, öşa qözğab turadi, şuning uçun keçirimli böliş kerak. Ammo jinoyat sodir etganlik uçun jazo muqarrarligini ta'minlaş ham kerak. Agar bu prinsip yuzaga çiqmasa, adolatsizlik paydo böladi. Biz jinoyatning darajasiga qaraymiz, agar u yengilroq bölsa, yaraştiruv komissiyasi tuzib unga mahalla faollaridan biror kişini biriktirib qöyamiz. Şuning uçun hozir mahallaning roli katta bölib boryapti, butun boşli vazirlik tuzildi.
Isroil 1960-yillarda 30 yilga möljallangan dastur işlab çiqqan. Ana şu dasturda halqning huquqiy savodsizligini yöqotiş böyiça ham reja bölgan. Biz uçun ham odamlarning huquqiy savodxonligini oşiriş muhim. Odamlar qilayotgan işining huquqiy oqibatini tuşunib yetsagina qonun ustuvorligiga, jinoyatçilik kamayişiga erişişimiz mumkin.
– Sizdan 2005 yilgi Andijon voqealari haqida söramasak bölmaydi...
– Meni Andijon voqealarida aybdor deb köp gapirişadi. Ha, men öşanda ştab boşliği bölganman, qarorni men qabul qilganman, ammo kim öşanda Andijonga qurol kötarib keldi? Kim çegaradan qurol bilan ötdi? Kim Içki işlar vazirligiga qaraşli PPSga qurolli hujum qildi, kim harbiy qismga hujum qilib, qurol-yaroğ oldi? Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500dan ortiq aşaddiy jinoyatçilarni çiqarib yubordi? Kim hokimiyat binosini egallab unga öt qöydi? Kim yuzga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni tutqunda uşlab, ba'zilarini qatl etdi? Hukumat nima, qarab turişi kerakmidi?
Biz ularga çiqib ketinglar, dedik. Adaşmasam, militsiya va prokuratura xodimlaridan 34 nafar halok bölgandi. Tez yordam xodimlari otib taşlangan. Odamlarni böyniga sirtmoq solib olib çiqib ketişmoqçi bölişdi. Tinç aholiga öq uzilgan deyişadi, yöq, 12 soat oldin ularning 600-700 nafar oila-a'zolarini Qirğizistonga çiqarib yuborganmiz.
Bular kelayotganda harbiy qismdagi kapitanni otib qöyişgan. Keyin oddiy askarlar nima qiladi? Ikki tomon örtasidagi otişma sabab bitta joyda 100 kişi ölgan. Ularning içida bizning xodimlar ham, terrorçilar ham bölgan. Jami 187 kişi ölgan. Allohning oldida rost gapni gapiraman, bu aniq raqamlar.
30dan ortiq jurnalist Özbekistondagi voqeani yoritamiz deb Qirğiziston çegarasida paydo bölgandi. Ular qayerdan kelib qoldi? Bularning hammasi Özbekistonda fuqarolik uruşini uyuştiriş uçun qilingan işlar edi...
Bobur Akmalov suhbatlaşdi
Operator va montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov