BMT Boş Assambleyasi Falastin davlatining taşkilotga tölaqonli a’zo böliş huquqini tan oliş haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Reuters yozdi.
Rezolyutsiyani 143 ta davlat yoqlab çiqdi, 9 tasi (AQŞ va Isroil bilan birga) qarşi çiqdi, yana 25 ta davlat betaraf qoldi.
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengaşidan Falastinning taşkilotga tölaqonli a’zo sifatida kirişini qöllab-quvvatlaşga çaqiradi.
Nomzod davlat BMT tölaqonli a’zosi bölişi uçun avvalo Xavfsizlik Kengaşi tegişli rezolyutsiyani ovozlarning uçdan ikki qismi bilan qabul qilişi kerak. Keyin bu qaror, şuningdek, ovozlarning uçdan ikki qismi bilan - Boş Assambleya tomonidan qöllab-quvvatlanişi lozim.
2024 yil aprel oyida BMT Xavfsizlik Kengaşi Falastinning taşkilotga a’zo bölişi böyiça rezolyutsiyani qabul qilmadi. Şu vaqtda 12 davlat rezolyutsiyaga qarşi ovoz berdi, ikkitasi (Buyuk Britaniya va Şveytsariya) betaraf qoldi, ammo Qöşma Ştatlar hujjatga veto qöydi.
Boş Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat Falastinga bir qator protsessual huquqlarni ham beradi – mamlakat Yaqin Şarq mavzulari böyiça yiğilişlarda özini ma’ruzaçilar röyxatiga kiritişi, bir guruh davlatlar nomidan tuzatişlar kiritiş va protsessual takliflar kiritişi mumkin böladi. Bundan taşqari, Falastin Boş Assambleya majlislar zalidan doimiy joy oladi.
Falastin ayni damda BMTda kuzatuvçi davlat maqomiga ega. Mamlakat bu maqomni 2012 yilda olgan.












