Qarshi şahrida terini qayta işlaş korxonasidan çiqayotgan noxuş hid sabab korxona yaqinida yaşovçi erkak öziga öt qöydi. Kun.uz muxbiri voqeaga sabab bölgan omillar va erkakning hozirgi holatini biliş maqsadida Qaşqadaryo viloyatida böldi.

Alişer Rahmonov Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga olib kelingan, ayni vaqtda şifoxonaning jonlantiriş bölimida.
U biz bilan suhbatda to öziga öt qöygunça bölgan jarayonda korxona faoliyatidan noroziligini bildirib, köplab taşkilotlarga murojaat qilgani, biroq natija bölmaganini aytdi.


Rahmonovning aytişiça, u «Qarshi Leather» MÇJ rahbarlari bilan bir neça marotaba suhbatlaşişga harakat qilgan, biroq unga qöpol muomala qilişgan. Vaziyatni örganiş uçun kelgan mas’ul taşkilotlarni ham köpinça eşikdan kirgizişmagan. Masala şu darajaga borib yetganki, arz va şikoyatlari sabab korxona rahbari Rahmonovni qamatib yuboriş bilan bosim ötkazganini aytmoqda.
Alişer Rahmonov garçi tirik qolgan bölsa-da, öziga öt qöyganidan afsusda ekanini bildirdi. Uç nafar yoş bolasi borligi, ularning holati, dori-darmonlar va şifoxonadan çiqqandan söng ham bir umrga oğir asoratlar saqlanib qolişidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.

Bemorning turmuş örtoği Manzura Rahmonova ham öşa kuni uning yonida bölgan. Ayol erining öziga öt qöyiş niyati borligidan bexabar bölganini bildirdi.
Rahmonova ham erining gaplarini tasdiqlab, noxuş hid sababli uylariga mehmon kelmasligi, farzandlarida allergik kasallik borligi va tarqalayotgan qölansa hid ularning soğliğiga salbiy ta’sir qilayotganini aytdi.

Navbatçi şifokor Mirjahon Qambarov bemorning tanasi 45-50 foizga kuyganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, Rahmonov 15 avgust kuni olib kelingan vaqtda ahvoli öta oğir bölgan. Muolajalar bemorga qanday ta’sir qilişiga qarab, örtaça 7-10 kun davomida u jonlantiriş bölimida qoladi.












