Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti zaxirasi uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ mansabdorlarining qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyatdagi MChJlardan birining mansabdor shaxslari bank kredit hisobiga xarid qilingan 1 000 tonna kartoshka va 380 tonna piyoz mahsulotlarisotuvidan tushgan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirmasdan, o‘zlarining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvdaMChJ mansabdorlari ushbu mahsulotlar go‘yoki yaroqsiz holga kelib qolganini vaj qilib, ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilganliklari ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 87,3 million so‘mlik temir quvurlarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
20:23 / 21.03.2026
An’anaviy va islomiy bank: ularning farqi nimada?
14:11 / 20.03.2026
YeI Kiyevga yordam va’da qildi, ammo 90 mlrd yevrolik kreditni ochmadi
14:26 / 18.03.2026