Niderlandiyaning Haaga şahridagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. Tegişli press-reliz sudning veb-saytida joylaştirilgan.

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Sud tuşuntirganidek, buning uçun şaxsan Putin javobgar, deb hisoblaş uçun «oqilona asoslar» bor.

Xuddi şunday hibsga oliş orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.

Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belova. Foto: kremlin.ru

13 mart kuni The New York Times öz manbalarga tayanib, XJS yaqin kelajakda Ukrainadagi jinoyatlar böyiça rossiyalik amaldorlarga qarşi ikkita iş qözğatişini yozgan edi: biri ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiya qilinişi, ikkinçisi – qasddan aholi infratuzilmalariga raketa zarbalari beriş. Uşbu xabarlar fonida Kreml Rossiya Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmasligini eslatdi.

Endi Vladimir Putinning çet elga çiqişi çeklangan. Rim statutini ratifikatsiya qilgan va sudning yurisdiksiyasini qabul qilgan mamlakatlar uni hibsga oliş majburiyatiga ega. Bu – 123 ta davlat. Jumladan, Yevropa va Janubiy Amerikaning barça mamlakatlari, Tojikiston, Braziliya va Janubiy Afrika, şuningdek, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya. Agar Putin şu davlatlardan biriga taşrif buyursa, mahalliy hukumat uni hibsga olişga majbur böladi.

Rossiya tomoni Vladimir Putin va Mariya Lvova-Belovaning hibsga olinişi uçun order berilganiga munosabat bildirdi.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova:

«Xalqaro jinoyat sudining qarorlari mamlakatimiz uçun, jumladan, huquqiy nuqtayi nazardan ham heç qanday ahamiyatga ega emas. Rossiya Xalqaro Jinoyat Sudi Rim statutining iştirokçisi emas va u böyiça heç qanday majburiyatlarni öz zimmasiga olmaydi. Rossiya bu organ bilan hamkorlik qilmaydi va Xalqaro suddan keladigan hibsga olişning mumkin bölgan «retseptlari» biz uçun qonuniy kuçga ega bölmaydi».