Özbekiston Matbuot va axborot agentligining «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyotida Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning 5ta kitobdan iborat «Şaytanat» kitobi töliq naşrdan çiqdi.
Tohir Malikning «Şaytanat» olami haqida hikoya qiluvçi asari köp yillardan buyon öquvçilar e'tirofiga sazovor bölib kelmoqda.

Bu galgi tugal va mukammal naşrda beş qismli kitobning har bir qismi alohida nom ostida taqdim etilgan, asarning özi esa yaxlit, mazmunan va mantiqan yakun topgan körinişda, barça tuzatişlar va özgartirişlar kiritilgan holda çop etildi.
Dolğali zamon, adolatsiz jamiyat, oğir ijtimoiy muhit tufayli boşiga hayotning turli sinovlari, ayançli körguliklari tinimsiz yoğilsa-da, insoniy fazilatlaridan batamom mosuvo bölmagan, qalbida or-nomusni saqlab qolgani bilan kitobxonlarning sevimli qahramoniga aylanib ulgurgan Asadbekning hayotida sodir böladigan voqea va hodisalar mana şu beş qismlik töplamda öz nihoyasiga yetadi.
Qahramonlarning şaxsiyati va ularning turmuş tarzi, xarakter xususiyati, ijtimoiy turmuş tarzi bilan boğliq keskin va şu bilan bir qatorda kitobxonlar uçun qiziqarli bölgan voqeliklar rivoji ötkir syujyetli «Şaytanat» asarining asosini taşkil etadi.
«Şaytanat» töplamining birinçi qismi «Qasos», ikkinçi qismi «Non bergan jon olmaydi», uçinçi qismi «Semirgan çumoli», törtinçi qismi «Oqquş qöşiği», beşinçi qismi «Azozil dökoni» deb nomlandi. Qismlarning har biri alohida nomlangani va har bir qism alohida kitob sifatida naşr etilgani ham kitobxonlar uçun ayni muddaodir.

Uşbu töplamdan örin olgan kitoblar bejirim muqovalar va içki illyustratsiyalar bilan ziynatlangani, sovğabopligi bilan ham avvalgi naşrlardan ajralib turadi.
Uşbu naşr barça kitobxonlar, xususan teran mazmunli detektiv işqibozlari uçun munosib tuhfa bölişi kutilmoqda.














