Bu esa turli miş-mişlarga sabab böldi. Kun.uz muxbiri bunga izoh oliş uçun serial rejissyori va boş rol ijroçisi, Özbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev bilan boğlandi.
«Biz film namoyişi boşlanişidan avval ötkazilgan maxsus telepremerada «Şaytanat» 21-qism bilan tugaydi deb aytgandik, ammo har xil miş-mişlar paydo böldi. Emişki, «Şaytanat»ning 22, 23 va 24-qismlari ham bor ekan. Bunday gap tarqatayotganlar bilib qöyişsin, «Şaytanat» 21-qismda tugaydi.
Ekranlarga çiqmagan yangi 21-qism haqida gapiradigan bölsam, u hali tayyor emas. Hozir mamlakatda karantin, şu sabab montaj, ovoz beriş jarayonlarini karantindan söng davom ettiramiz va tayyor bölgaç, katta ekranlarda namoyiş qilamiz. Şu örinda serialning 21-qismi «Zör TV»da efirga uzatilişi rejalaştirilmaganini aytişim kerak», dedi Yodgor Sa'diyev.
Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik tomonidan ötgan asrning 90-yillarida yozilişi boşlangan «Şaytanat» asari jami beşta kitobdan iborat bölib, millionlab nusxada çop etilgan.
Asarda boş rol - Asadbekni Özbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev ijro etgan. Serial voqealari ötgan asrning 80-yillarida bölib ötadi va undagi qahramonlarning barçasi töqima obraz ekani aytilgan.
90-yillar oxirida Yodgor Sa'diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan işlangan «Şaytanat» seriali 20-seriyada töxtab qolgan va serial 20 yil mobaynida televideniyega qaytarilmagan.










