Agentlikning qayd etişiça, qonunçiligimizda kinematografiya asarlariga nisbatan mualliflik huquqiga ega bölgan şaxslarning huquqlari himoyalangan bölib, ularni poymol qiliş qonunga binoan javobgarlikka tortilişiga sabab böladi. Jumladan, muallif öz asarini har qanday tarzda buzib körsatilişidan himoya qiliş huquqiga egadir. Şuningdek, asarni omma oldida ijro etiş yoki undan boşqaça tarzda foydalanişda asarning öziga, nomiga va muallifning ismi-şarifi körsatilişiga biron-bir özgartiş kiritişga faqat muallifning roziligi bilan yöl qöyiladi.

Ma'lum bölişiça, B.M. ismli tadbirkor “Şaytanat” kinoasari qahramonlari ovozlarini montaj qilib, öz mahsulotini reklama qiliş va xaridorlarni jalb qilişni közlagan. Şu maqsadda videorolik tayyorlatib, Telegram’ga muallif roziligisiz joylaştirgan. Köpçilikning könglidan joy olgan serial qahramoni ovozi asosida tayyorlangan reklama ta'sirida xaridorlar oqib kela boşlagan. Biroq uddaburon şaxs buning uçun asar muallifidan bir oğiz bölsa ham ruxsat söramagan.

“Mazkur huquqbuzarlikdan xabar topgandan söng asar muallifi mutlaq mualliflik huquqlari buzilganligi, uning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilganligi hamda uşbu huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxslarni aniqlaş va ularga nisbatan qonunçildikda belgilangan ta'sir-çoralarni körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat etadi.

Agentlikning Intellektual mulk huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş bölimi tomonidan bayonnoma tuzilib, tegişli sud instansiyasi tomonidan huquqbuzar kinoasardan qonunga xilof ravişda foydalanganligi uçun Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 1771-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Intellektual mulk agentligi holat böyiça aynan kim şikoyat qilgani, xabar matnida keltirilgan asar muallifi kim ekaniga oydinlik kiritmagan.