Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining «Oçiqlik indeksi» böyiça reytingi e'lon qilindi. Reyting natijalariga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi 92 ball bilan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari orasida — 5-örinni, vazirliklar içida esa — 3-örinni egalladi.
Ötgan galgi reyting baholaşda vazirlikka 88 ball bilan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari içida 12-örin berilgan edi.
Joriy yil 1 yanvargaça bölgan davrni özida ifodalagan «Oçiqlik indeksi» reytingi 52ta davlat hokimiyati va boşqaruvi organini qamrab olgan.
Reytingdagi birinçi örinda Özbekiston Respublikasi Davlat Soliq qömitasi qayd etilgan (95 ball). 2-4-örinlarni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki (94), Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (93) va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (93) band etgan. Xalq ta'limi vazirligi ham Soğliqni saqlaş vazirligi kabi 92 ball töplagan holda oltinçi örinda joylaşgan. Ötgan yili beşlikda bölgan Toşkent şahri hokimligi 89 ball bilan sakkizinçi öringa tuşgan.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, jismoniy va yuridik şaxslarga ularning qonuniy huquq va erkinliklariga daxldor axborotlarni taqdim etişning zamonaviy şakllarini joriy etiş davlat boşqaruvi tizimidagi islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan edi.
«Soğliqni saqlaş vazirligi «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonunida belgilangan talablarga töliq rioya qilgan holda faoliyat olib bormoqda. Bunda vazirlik Axborot xizmati fuqarolarning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalaniş huquqini kafolatlaş, davlat organlari va jamiyat örtasida özaro axborot almaşişning aniq mexanizmlarini yaratiş böyiça qator amaliy işlar olib bormoqda», deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oşirişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar köriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş faoliyatini muvofiqlaştiriş va monitoringini olib boriş böyiça jamoatçilik kengaşi şakllantirilgan edi. Uşbu kengaş ekspertlar iştirokida davlat hokimiyati hamda boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini monitoring qilib, baholaş natijalarini har yili ikki marotaba e'lon qilib boradi.












