Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan 2025 yil 1 iyuldan boşlab «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
Ma’lum qilinişiça, bunda my.gov.uzʼda uşbu raqamli servislardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi va ular Özbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.
Qaror ilovasiga köra, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida quyidagi hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi:
- Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
- Özbekiston fuqarosining identifikatsiyalovçi ID kartasi;
- Haydovçilik guvohnomasi;
- Tuğilganlik haqida guvohnoma;
- Nikoh qayd etilgani haqida guvohnoma;
- Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
- Transport vositasining röyxatdan ötkazilgani töğrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
- Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
- Fuqaroligi bölmagan şaxsning yaşaş guvohnomasi (ID kartasi)
- Nogironlik töğrisida ma’lumotnoma;
- Transport vositasining majburiy suğurta (fuqarolik javobgarligi) böyiça suğurta polisi;
- Oliy, örta-maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik töğrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
- Talabalik guvohnomasi;
- Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
- Özini-özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötganligi töğrisida ma’lumotnoma;
- Turar joy obektlarining kadastr pasporti;
- Jismoniy şaxsning şaxsiy avtomototransport vositasini boşqa şaxslarga boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma.
Raqamli servislarning qoğoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda içki reyslarni röyxatdan ötkazişda va Özbekiston hududidan ötuvçi poyezdlarga çiqişda, davlat, korporativ va boşqa xizmatlarni körsatiş, şu jumladan, elektron xizmat körsatiş hamda fuqarolarni qabul qilişda tegişli hujjatlarni taqdim etişni talab qiladigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarda talab etilmaydi.













