Tojikiston Özbekiston va Afğonistonga elektr energiyasi uzatişni töxtatmoqda. Bu haqda Tojikiston prezidenti saytida mamlakat hukumati tomonidan e'lon qilingan murojaatda ma'lum qilingan.
«Bugun biz xalqaro şartnomalarda belgilangan muddatdan oldin Özbekiston Respublikasi va Afğoniston Islom Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berişni töxtatişga majbur böldik. Hukumat çeklov haqidagi uşbu qarorga töğri munosabatda bölişni sörab, mamlakatning barça aholisiga murojaat qiladi. Hozirgi qiyin vaziyatda mazkur iş qiş mavsumida elektr energiyasi ta'minotidagi muammolardan qoçişimizga yordam beradigan yagona çora hisoblanadi», deyiladi xabarda.
Tojikiston mamlakatning özida ham energiya ta'minotiga çeklov joriy etmoqda va murojaatda aholidan çeklovni töğri qabul qiliş söralgan:
«Tojikiston Respublikasi hukumati mamlakat aholisiga murojaat qiladi va «Barqi tojik» kompaniyasi tomonidan Norak suv omborida köproq suv zaxira qiliş uçun kiritilayotgan elektr energiyasi ta'minotidagi mazkur çeklovni töğri qabul qilişni söraydi».
Murojaatda, mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, mulkçilik şaklidan qat'i nazar, har bir fuqaro, har bir oila, barça muassasa va taşkilotlar, kompaniya hamda korxonalar elektr energiyasidan tejamkor foydalanişni ta'minlaşi şartligi aytiladi.
Şuningdek, uşbu holatga Vaxş va Panj daryolarining şakllaniş hududlarida qor kam yoqqani, yoğingarçilik miqdori ötgan yilgi körsatkiçning 50 foiziga teng bölgani sabab qilib keltiriladi.
«Tojikistonda bunday vaziyat birinçi marta sodir bölyapti. Bugungi kunda Panj daryosida suv oqimi avvalgi yillarga qaraganda 2 ming kub metrga, şuningdek Vaxş daryosida 800 kub metrga, ya'ni 50 foizga kam. Norak suv omborida suv zaxirasi ötgan yilga nisbatan 17 metrga pasayib ketdi», deyiladi murojaatda.
Agar bu holat yana davom etsa, u holda suv omboridagi suv zahirasi keskin kamayadi va qişda aholi va xalq xöjaligi tarmoqlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaşda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Şu sababli, hukumat öz murojaatida kuz-qiş davrida aholi elektr energiyasi ta'minotida muammoga duç kelmasligi uçun barça zarur çoralarni körayotgani ta'kidlagan.








