Yozning qizğin paytida "Toşkent-1" gaz taqsimlaş stansiyasida 2024-2025 yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş işlari qizğin bormoqda. Bu strategik muhim obekt bölib, undan tabiiy gaz Toşkent IES, "Aksa Energy" issiqlik elektr stansiyasiga hamda Toşkent viloyatining Toşkent, Qibray va Zangiota tumanlariga yetib boradi.

10 iyuldan boşlab "Öztransgaz" AJ Qibray va Zangiota tumanlaridagi gaz tarmoqlarida bosimni tartibga soliş tugunlarini ajratiş işlarini faol olib bormoqda. Bu 2023-2024 yil kuz-qiş mavsumida mazkur tumanlarda istiqomat qiluvçi aholidan kelib tuşgan murojaatlarga javob böldi.

Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik

Kelayotgan kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz yetkazib berişni uzluksiz ta’minlaş uçun "Toşkent-1" da keng kölamli işlar boşlangan. 40 dan ortiq işçi va 10 dan ortiq texnika kunu tun işlab, barça zarur çora-tadbirlarni tezroq yakunlaş va aholiga tabiiy gaz yetkazib berişni tiklaş uçun mehnat qilmoqda.

Asosiy e’tibor gaz taqsimlaş stansiyasida bosimni tartibga soliş tugunlarini ajratişga qaratilgan. Bu Qibray va Toşkent tumanlariga gaz yetkazib berişning barqarorligi va sifatini yaxşilaşga imkon beradi. Şu bilan birga, stansiyada kran örnatilib, stansiyaning himoya darajasi oşirilib, sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda holatlarning oldi olinadi.

Kuz va qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş juda köplab mutaxassislar tomonidan birgalikda amalga oşiriladigan murakkab va muhim jarayon. Aniq reja asosida öz vaqtida bajarilayotgan tadbirlar natijasida Toşkent viloyati gaz ta’minotida sezilarli özgarişlar bölişi kutilmoqda.

"Öztransgaz" AJ tomonidan keng kölamdagi kuz-qişga tayyorgarlik tadbirlari esa davom etadi.