Bugun, 10 fevral kuni Tojikiston poytaxti Duşanbedan uçgan samolyot Toşkentga kelib qöndi. Bu 25 yil içida Tojikistondan Özbekistonga kelgan birinçi samolyotdir. Bu haqda Somon Air aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniyaning bugungi reysi sinov reysidir. Aviakompaniya 20 fevraldan boşlab muntazam qatnovlarni yölga qöyişni rejalaştirgan.
Bugun Toşkentga kelgan samolyotda Tojikiston aviatsiya tizimi delegatsiyasi, jurnalistlar hamda 14 oddiy yölovçilar bor edi. Duşanbedan Toşkentga reys uçun çiptalar narxi 140 dollar.
«Somon Air rahbariyati Toşkent aeroporti ma'muriyati hamda «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasidagi hamkasblari bilan reyslarning oçilişi masalasida muzokaralar ötkazadi», - deyilgan xabarda.
Qişki mavsum yakuniga qadar reyslar haftasiga bir marta — duşanba kunlarida amalga oşiriladi.
Yozgi parvozlar jadvalida haftalik reyslar soni bittaga köpayib, duşanbadan taşqari, payşanba kuni ham qatnov amalga oşiriladi. Duşanbedan Toşkentgaça parvoz vaqti 45 daqiqani taşkil etadi.
Somon Air laynerlari Tojikistondan Germaniya, BAA, Turkiya, Xitoy, Rossiya va Qozoğistonga parvozlarni amalga oşiradi. Kompaniya ixtiyorida Boeing 737-300, Boeing -800 va Boeing -900 samolyotlari mavjud.
Ma'lumot uçun, Tojikiston va Özbekiston örtasidagi aviaqatnovlar 1992 yilda, qöşni davlatda yuzaga kelgan notinç vaziyat tufayli töxtatilgan edi.
Davlatlar örtasida viza rejimi saqlanib qolmoqda.
«Somon Eyr» Toşkentga birinçi reys qaçon amalga oşirilişini ma'lum qildi
«Somon Eyr» Toşkentga aviareyslar uçun çipta narxlarini ma'lum qildi












