Davlat xavfsizlik xizmati hamda «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib kirilişiga çek qöydi.

Ma’lum qilinişiça, Bangkok – Dehli – Toşkent aviayönalişida Toşkent xalqaro aeroportiga uçib kelgan 2005 yilda tuğilgan Qirğiziston fuqarosi «yaşil» yölak orqali harakatlangan. Unga tegişli çemodanlar belgilangan tartibda tekşirilgan.

Tekşiruv davomida çemodanlar içidagi şampun idişlaridan umumiy oğirligi 11,8 kilogramm bölgan gaşiş moyi aniqlangan.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilgan. Giyohvandlik vositasi Yunusobod tumanidagi köp qavatli uylardan birining xonadonida qoldirilgan. Uni olib ketiş uçun kelgan vaqtda Çirçiq şahrida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan fuqaro ham uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, Tailanddan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositalari Özbekiston hududi orqali qöşni davlatga yetkazilişi rejalaştirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi - kontrabanda bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.