2023 yil 1 iyundan boşlab, tölov xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalari amalga oşirilganda, ularga körsatilgan xizmatlar uçun elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylaştiriş va taqdim etiş tartibi bekor qilinadi.
Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani röyobga çiqarişga doir prezident farmonida belgilandi.
1 iyundan boşlab, şuningdek, çakana savdo va xizmat körsatiş obektlarining faoliyat körsatiş vaqtiga nisbatan çeklovlar ham olib taşlanadi.
Eslatib ötamiz, kartadan kartaga pul ötkazmalariga hisobvaraq-fakturalar böyiça talab prezidentning fevral oyidagi farmonida közda tutilgandi. Farmonga köra, bu tartib 1 maydan kuçga kirişi kerak edi.
Bu tartibning işlaşi amalda millionlab fuqarolarning kartadan kartaga ötkazmalari haqidagi ma’lumotlar soliq organlarida töplanişini, bu esa bank sirlari daxlsizligi qöpol va tizimli ravişda buzilişini anglatar edi.
Bu noqonuniy talabni joriy qilişga urinib kelgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu nima uçun kerakligi haqida biror marta izoh bermadi.
Kun.uz bu mavzuni atrofliça yoritib bordi. 1 maydan e’tiboran kuçga kirgan yangi konstitutsiyada bank sirlari daxlsizligi böyiça normaning kuçaytirilgani amalda taklif etilgan özgarişni konstitutsiyaga qarşi qilib qöygan edi.












