10 fevralda qabul qilingan prezident farmoni bilan, 2023 yil 1 maydan boşlab tölov xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalari amalga oşirilganda, ularga körsatilgan xizmatlar uçun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etiş va rasmiylaştirişi majburiy bölyapti.
Bu tartib pul ötkaziş uçun komissiya “0” söm bölgan taqdirda ham majburiy qöllanadi.
Bu şuni anglatadiki, elektron tölov tizimlari orqali pul ötkazmalari amalga oşirilganda, har bir operatsiya uçun hisobvaraq-faktura rasmiylaştiriş kerak. Bu tartib P2P (“person to person” – şaxsdan şaxsga) amaliyotlari uçun qöllanadi. Ya’ni siz Click, Payme, Apelsin kabi tölov tizimlari yoki mobil bank xizmatlari orqali boşqa odamga pul ötkazib berganingizda şunday hisobvaraq-faktura şakllantiriladi.
Reaksiya
Yangilik e’lon qilinişi bilan u jamoatçilik faollari, bank-moliya va soliq sohasidagi mutaxassislar tomonidan jiddiy tanqid qilindi. Çunki agar u amaliyotga joriy qilinsa, kartadan kartaga pul ötkazişda yöq joydan ortiqça xarajat paydo böladi.
Çunki har bir elektron hisobvaraq fakturani şakllantiriş narxi 270 sömdan boşlanadi. Turgan gapki, tölov tizimlari va banklar bu xarajatni iste’molçilar zimmasiga yuklaydi. Natijada kartadan kartaga foizsiz pul ötkaziş imkoniyati kamayişi mumkin.
Hisobvaraq-fakturalarni tadbirkorlik sub’yektlari, ya’ni elektron hujjat almaşiş operatorlari tuzib beradi. Özbekistonda hozirda bunday operatorlar soni 24 ta. Ulardan eng maşhurlari – Didox, E-faktura va Davlat soliq qömitasining “Soliq servis” platformalaridir.
Iqtisodçi Şuhrat Qurbonovning yozişiça, bu banklar va tölov taşkilotlarining kartadan kartaga ötkazmalar böyiça xarajatlarini oşirişi mumkin.
Moliyaçi Otabek Bakirovning fikriça, bu band tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratmaydi, qaytaga qiyinlaştiradi va qimmatlaştiradi.
“Bitta faktura eng arzonida 300 söm va yil davomida milliardlab tranzaksiyalar ötişi inobatga olinsa, bu bir neça yuz milliard söm qöşimça xarajat degani. Tabiiyki, bu xarajat yakunda iqtisodiyot va iste’molçilarga yuklanadi”, deydi u.











