Şu kunlarda Rossiya telekanali Yer sayyorasi tomon ulkan asteroid yaqinlaşayotgani, u 2019 yil 1 fevralda Yerga urilib, oxiri zamon bölişi haqidagi video materiallarni tarqatgandi. Buning ortidan odamlar örtasida qiyomat yaqinlaşayotgani töğrisida vahima ham paydo böldi.
Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti bu xabarga munosabat bildirdi.
«Bu xabar bilan tanişib çiqqanimizdan söng, uning mutlaqo uydirma ekani ma'lum böldi. Çunki, 2019 yilda Yerga yaqinlaşuvçi asteroidlarning röyxati astronomlarga avvaldan ma'lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019 yilning aprel oyigaça Yerga yaqinlaşişi kutilayotgan asteroidlarning soni 20dan ortiq bölib, ularning örtaça yaqinlaşiş masofasi 5 mln kilometrni taşkil etadi. 2019 yilning 1 fevralida Yerga yaqinlaşuvçi asteroid şu yilning yanvar oyida oçilgan bölib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning ölçami 150-340 metrni taşkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgaça yaqinlaşadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yönaltirilgan çiziqqa tik yönalişda böladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlaşuvi va yuqoridagiça trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga heç qanday xavf tuğdirmaydi.

Rossiya telekanali xabarida «Yerga yaqinlaşayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda», deyilgan. Bu fikr xabar yolğonligini körsatadi. Çunki asteroidlar Quyoş tizimi a'zolari bölib, ularning boşqa galakatikalarga aloqasi yöq», deyiladi xabarda.
Özbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay'ati ham bunday xabarlarga munosabat bildirib çiqqan.
«Qiyomat qaçon bölişini Alloh taolodan boşqa heç kim bilmaydi». Qiyomat qaçon bölişini söraganlarga Payğambarimiz qanday javob berişlari kerak ekanligini Alloh taoloning özi oçiq-oydin oyati karimada örgatgan. Jumladan, Alloh taolo Qur'oni karimda şunday degan:
«Odamlar Sizdan Qiyomat (qaçon bölişi) haqida söraydilar. «U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir» – deb ayting!» (Ahzob surasi, 63-oyat).
Qiyomat qaçondir bölişiga iymon keltirganmiz, lekin aynan qaysi kunda bölişi haqidagi ma'lumotni Alloh taolo sir tutib, uni biror manbada keltirmagan. Hatto, öz payğambarlari va fariştalaridan ham yaşirgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Jabroil alayhissalom Payğambarimizdan «Menga soat (Qiyomat) haqida xabar bering!» deb söraganlarida Payğambarimiz: «U haqda söralayotgan odam sörovçidan köra bilimli emas», deb javob berdilar (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).











