1 apreldan chiqindini yig‘ish va olib chiqib ketish uchun nol darajali QQS bekor qilinadi
Toshkentda yangi tariflar tasdiqlanganidan keyin chiqindilarni olib chiqish narxi kishi boshiga oyiga 7500 so‘mni tashkil etyapti. QQS bilan bu summa 8400 so‘m bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabarida aytilishicha, mazkur tartib joriy etilishi bo‘yicha mas’ul soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Masalan, amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1 apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi o‘zgarish 2023 yil 28 dekabrdagi «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida yangi tariflar tasdiqlanganidan keyin chiqindilarni olib chiqish tarifi oyiga 7500 so‘mni tashkil etadi. QQS bilan bu summa 8400 so‘m bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida
Jahon | 22:28
-
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:22
-
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi
Jahon | 22:04
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

15:11 / 26.03.2025