Toşkent şahrida Özbekiston kardiologlarining VII s'yezdi bölib ötdi. Anjuman Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Kardiologlar uyuşmasi, Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya markazi hamkorligida taşkil etildi. Unda Janubiy Koreya, Hindiston, Germaniya, Şveytsariya, Rossiya, Vengriya, Polşa, Çexiya va boşqa mamlakatlardan yuzga yaqin olimlar, şifokorlar, yoş tadqiqotçilar, xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri A.Alimov, Kardiologlar uyuşmasi raisi R.Qurbonov va boşqalar Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qiliş, soğliqni saqlaş sohasining barça yönalişlari, xususan, kardiologiyani izçil rivojlantiriş, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş va davolaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani va ular yuksak samaralar berayotganini alohida ta'kidladi.
Anjuman iştirokçilari Özbekiston tibbiyotida erişilayotgan yutuqlarni yuqori baholar ekan, ötgan davrda mamlakatimizda tibbiy xizmatning jahon andozalari darajasidagi öziga xos milliy modeli yaratilganini ta'kidladi.
S'yezd majlislarida mamlakatimiz va dunyoda kardiologiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar, erişilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida söz yuritildi. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallaniş va ölim körsatkiçini kamaytirişning strategik vazifalari, mazkur xastaliklarning turli klinik şakllarini diagnostika qiliş va davolaşning dolzarb muammolari, arterial gipertoniya, surunkali yurak yetişmovçiligini davolaşning zamonaviy imkoniyatlariga oid masalalar atrofliça muhokama etildi.











