Internetda Rossiyadagi jazoni ijro etiş koloniyalaridan birida biznesmen Yevgeniy Prigojin mahbuslarni Ukrainadagi uruş uçun «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollayotgani aks etgan video tarqaldi. Video qaysi koloniyada suratga olingani aniq emas, taxminlarga köra, bu Mariy El markazi Yoşkar-Oladagi 6-IK.

«Putinning oşpazi» laqabi bilan maşhur bölgan biznesmen Yevgeniy Prigojinning mahbuslar oldidagi çiqişining töliq matnini Meduza naşri keltirmoqda.

«Men xususiy harbiy kompaniya vakiliman. Ehtimol eşitgandirsiz — ÇVK «Vagner» deb ataladi. Uruş juda oğir keçmoqda. U yerda çeçenlar va ularga öxşaganlar uruşmoqda. Mening kompaniyamda öq-dorilarning sarfi Stalingraddagidan ikki yarim barobar köproq.

Birinçi gunoh iş — dezertirlik. Heç kim ortga tisarilmasligi kerak. Heç kim çekinmaydi. Heç kim asirga tuşmaydi. Maşğulotlarni ötay boşlaganlaringda sizlarga doim yonlaringda bölişi kerak bölgan ikkita granata haqida sözlab berişadi. Ikkinçi gunoh — alkogol va narkotiklar. Bu biz bilan yarim yillaringda böladigan harbiy harakatlar zonasi uçun taalluqli. Uçinçi gunoh — marodyorlik. Mahalliy ayollar, flora, fauna, erkaklar va boşqalar bilan işqiy munosabatlarga kirişiş ham kiradi bunga.

Biz oladigan minimal yoş — 22 yoş. Agar bundan yoş bölsa — qarindoşlarining rozilik xati kerak. Maksimal yoş şartli ravişda 50 yoş qilib belgilangan. Agar bu yoşdan katta va baquvvat bölsa, şu yerning özida elementar sinovlardan ötkazib, neçoğlik soğlom ekanini tekşirib köramiz. Jismoniy holat nihoyatda muhim. Odam neçoğlik soğlom va baquvvat ekanini köramiz, şunga köra qaror çiqarib olamiz.

Men bilan birga uruşgan ilk mahbuslar 1 iyun kuni Uglegorsk IESni şturm qilişgan. Piterdan 40 kişi olib kelgandik, retsidivistlar. 40 kişi duşmanning okopiga yöl olib, piçoq bilan söyib çiqişgan. Uç kişi öldi, yetti kişi yaralandi. Ölganlardan biri 52 yoşda edi, öttiz yil ötirgan. Qahramonlarça halok böldi.

228-modda (Narkotik va psixotrop moddalarni noqonuniy işlab çiqariş, ötkaziş va jönatiş) böyiça ötirganlarga, narkotik moddalarga boğlanib qolişi bor-yöqligiga alohida e’tibor beramiz. Agar savollar paydo bölsa, qaror çiqariş huquqini özimizda qoldiramiz. Hozirça sizlarni olib ketiş, irodalaring naqadar mustahkamligini poligrafda savollar berib sinaş uçun tayyorlanmoqdamiz.