Toşkent şahridagi Börijar kanalining Seoul Mun majmuasidan oqib ötuvçi qismida 21 avgust kuni keçqurun 17 yoşli yigit çökib ketdi. U boş kiyimini olmoqçi bölib suvga tuşgani, lekin qaytib çiqolmagani aytilmoqda.
Kun.uz muxbirining örganişlariga köra, yigit Seoul Mun savdo markazida joylaşgan kiosklardan birida ofitsiant bölib işlagan. Uni qutqarmoqçi bölib kiosk iş boşqaruvçisi ham suvga tuşgan, lekin harakatlari samara bermay, özini zörğa saqlab qolgan.
Voqea soat 22:00 lar atrofida röy bergan. Oradan yarim soat ötib boşlangan qidiruv işlari 20 soatdirki natija bermayapti: yigitning jasadi hamon topilmagan.

















