Rossiya droni Kiyev markazidagi Vladimirskaya köçasida joylaşgan Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) ştab-kvartirasi binosiga zarba berdi. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy UXX rahbari Oleksandr Poklad bilan suhbatdan söng maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, dron maxsus xizmat rahbarining kabinetiga yönaltirilgan.

«Jabrlanganlarning barçasiga zarur yordam körsatiladi», - deb qöşimça qildi Zelenskiy. U şuningdek, Pokladga harbiylarni jalb qilgan holda «ruslarga bu zarbaga munosib, sezilarli va iloji bölsa, öziday qilib javob qaytarişni» topşirdi.

«Ukrainska pravda» naşrining yozişiça, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:30 da sodir bölgan hujum paytida UXX rahbari öz kabinetida bölmagan. Voqea joyidan olingan videoda zarba tekkan binoning derazasidan quyuq tutun çiqayotganini köriş mumkin. Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning maʼlum qilişiça, Vladimirskaya köçasi ötgan Şevçenko tumanida dron noturarjoy binosining tomiga qulagan. Uning aytişiça, oqibatda töqqiz kişi jabrlangan, ulardan yetti nafari şifoxonaga yotqizilgan. Hujumdan yarim soat oldin şaharda havo trevogasi eʼlon qilingan, Havo kuçlari esa reaktiv dronlar yaqinlaşayotganidan ogohlantirgan edi.

Şuningdek, UXX ştab-kvartirasi yaqinida joylaşgan «Zavertyaylo» tarmoğiga qaraşli kafe ham vayron bölgan. Kompaniyaning xabar berişiça, bir ayol jabrlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Qolgan mehmonlar va xodimlar yertölaga yaşirinişga ulgurgan.

Zelenskiy 17-iyul kuni Mudofaa vaziri bölgan Yevgeniy Xmaraning örniga Pokladni UXX rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlagan edi. Bungaça Poklad uşbu idora rahbari örinbosari lavozimida işlagan.

Zarba amerikalik muzokaraçilarning taşrifi arafasida sodir böldi. TASS xabariga köra, AQŞ prezidentining maxsus elçisi Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner 5-sentabr kuni Moskvaga, 6-sentabr kuni esa Kiyevga taşrif buyuradi. Rossiya Mudofaa vazirligi UXX binosiga zarba yuzasidan izoh bermadi.