Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 29 nafar yo‘lovchi Moskvaga uchadigan samolyotga qo‘yilmadi. «Uzbekistan Airports» AJ holatga izoh berdi
Foto: KUN.UZ
2021 yil 12 mart kuni Samarqand xalqaro aeroportida «Samarqand–Sheremetevo» yo‘nalishida uchishi lozim bo‘lgan 131 yo‘lovchidan 29 nafari samolyotga chiqarilmagan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Uzbekistan Airports» AJ holatga munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, «Uzbekistan Airports» AJ tasarrufida 11 ta aeroport bo‘lib, ularning birortasiga bilet sotish vakolati berilmagan. Bundan tashqari, pandemiya davrida tashkil qilinayotgan charter qatnovlarini qaysi davlat aviakompaniyasi tashkil etayotgan bo‘lsa, biletlarni ham ularning o‘zi sotadi. Shuningdek, parvoz qilish uchun talab qilinayotgan hujjatlarni ham ular nazorat qiladi. Shu sababli qatnovlarni amalga oshirayotgan aviakompaniya vakiliga ro‘yxatdagi hujjatlarni talab darajasida taqdim etgan yo‘lovchilargina parvoz qila oladi.
Shu jumladan, 12 mart kuni Samarqanddan Moskvaga uchishi lozim bo‘lgan «Samarqand–Sheremetevo» qatnovida ham yo‘lovchilardan talab qilinadigan barcha hujjatlar «Aeroflot» aviakompaniyasi vakillari tomonidan tekshirilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
O‘sha kuni Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchishi lozim bo‘lgan 29 nafar yo‘lovchi mazkur qatnovni amalga oshirayotgan «Aeroflot» aviakompaniyasi tomonidan talab qilingan hujjatlarni to‘liq taqdim eta olmagani uchun samolyotga chiqarilmagan. Bundan tashqari, yo‘lovchilar qo‘lidagi ayrim hujjatlar soxta bo‘lgan.
«Bu jarayonda aeroport xodimlarining mutlaqo ishtirok etmasligini, ularning aviachiptalar savdosi, narxiga va charter reyslarni tashkil qilishga mutlaqo daxli yo‘qligini ma’lum qilamiz. O‘zbekiston aeroportlari yo‘lovchilarning uchib kelishi va uchib ketishi vaqtida o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi», – deyiladi «Uzbekistan Airports» AJ bildirgan munosabatda.
Mavzuga oid
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026