O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, Tohir Malik shifoxonada bo‘lgan, oshqozon kasalligi bilan bog‘liq og‘ir jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘ziga kelmagan. Bildirilishicha, janoza marosimi bugun, 16 may kuni asr namozidan keyin bo‘lib o‘tadi. Yozuvchi «Ko‘kcha» qabristoniga dafn etiladi.
Tohir Malik (Tohir Abdumalikovich Hobilov) 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).
Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada qolgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur.
«Shaytanat» romani yozuvchining yirik asarlaridandir. Asar asosida ko‘p seriyali telefilm yaratilgan. «Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.
Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma'suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Tohir Malikka O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni 2000 yilda berilgandi.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Jahon | 17:22
-
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?
Jahon | 16:50
-
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25
-
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
O‘zbekiston | 16:17
Mavzuga oid

09:00 / 18.05.2019
Shavkat Mirziyoyev Tohir Malik vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

19:11 / 02.10.2018
«Shaytanat»ning to‘liq to‘plami nashrdan chiqdi

12:10 / 20.08.2018
Tohir Malik: «Men tungi klubga borib ko‘rganman. U joylarni o‘z nomi bilan «buzuqlik klubi» deylik»

20:31 / 28.04.2018