Bir qança yuqori martabali demokratlar özaro suhbatlarda partiya yetakçilari va yaqin döstlari tomonidan kuçayib borayotgan bosim AQŞ prezidenti Jo Baydenni şu haftaning dam oliş kunlari prezidentlik poygasidan çiqişga undaşi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda Axios yozdi.
Ta’kidlanişiça, hozir kovid tufayli özini yakkalab qöygan 81 yoşli prezident iş bilan band. Ammo özaro suhbatlarda u bosimning kuçayişi, sörovlardagi salbiy natijalar va adolatsiz tekşiruvlarga tan berganini aytgan, bu esa uning saylovoldi kampaniyasini davom ettirişiga imkon bermayapti, dedi demokratlardan biri naşrga.
Ularning aytişiça, partiyaning yuqori martabali yetakçilari, döstlari va asosiy donorlari Bayden ğalaba qozona olmaydi, yoşi va aqliy qobiliyati haqidagi jamoatçilik fikrini özgartira olmaydi va Kongressda köpçilikni qölga kirita olmaydi, deb hisoblaydi.
«Prezidentga aytilmoqdaki, agar u öz lavozimida qolsa, Tramp katta ustunlik bilan ğalaba qozonib, Bayden merosi va demokratlarning umidlarini yöq qilişi mumkin. Öz nomzodini qaytarib oliş uçun Baydenga nisbatan bosim, ayniqsa, sönggi bir neça kun içida çidab bölmas darajada oşib bormoqda… Bosim töxtamayapti», deyiladi maqolada.
Demokratlar Respublikaçilarning milliy qurultoyidan keyin ötkazilgan sörovlar katta mağlubiyatni körsatib berişi, amalda Demokratik partiyaning Kongressdagi mağlubiyatiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda.
«Uning tanlovi - tarix qahramonlaridan biriga aylaniş yoki Baydenning prezidentlik kutubxonasi heç qaçon bölmasligiga işonç hosil qiliş. U töğri yöl tutadi deb duo qilaman. U şu yönalişda ketmoqda», degan prezidentning yaqin döstlaridan biri.
Demokratlarning Senatdagi yetakçisi Çak Şumer Trampga suiqasd uyuştirilgan kuni Baydenga saylovda qatnaşişdan boş torsa yaxşiroq bölişini aytgan.
Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi prezident Jo Baydenga şaxsan qönğiroq qilgan. Suhbat davomida u sörovlar prezident Donald Trampni mağlub eta olmasligini körsatayotganini aytgan.
Şu bilan birga, Jo Bayden avvalroq saylovlarda iştirok etişdan boş tortişi mumkinligini aytgan edi. Agar soğliğida jiddiy muammolar yuzaga kelsa, Bayden bu qarorni qabul qilişga tayyor.













