25 yoşli amerikalik Aleksandriya Vera sudda 2015 yil noyabridan 13 yoşli öquvçisi bilan işqiy munosabatlarda bölganini tan oldi. Örta sinflar öqituvçisi bölgan Veraga homilador bölib qolgani ham, öquvçisi oilasining qöllab-quvvatlovi ham yordam bermadi – u bu qilmişi uçun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu voqeani The Washington Post naşri sözlab berdi.
Xyustondagi örta maktabning 8-sinf öqituvçisi bölgan Vera 2016 yil iyunda hibsga olingan. Unga yoş bola ustidan uzoq davom etgan jinsiy zöravonlik qiliş aybi qöyildi. Vera bu modda böyiça umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinişi mumkin edi, biroq u aybiga iqror bölgani sababli uning qamoq jazosi 30 yilga qisqargan.
Veraning aytişiça, u yoş maş'uğini 2015 yilda yozgi maktabda uçratib qolgan. Ayol bolaning iltifot körsatişlarini uzoq vaqt e'tiborsiz qoldirib kelgan, biroq kuzda u bilan uçraşuvga çiqişga rozi bölgan, şundan keyin ular orasida işqiy munosabatlar yuzaga kelgan. Qizning aytişiça, uning oilasi bu işqiy munosabatlarni ma'qullagan.
Tergovning ta'kidlaşiça, Vera öz maş'uğining oilasiga ğamxörlik qilgan, ularga oziq-ovqatlar xarid qilgan, ularning qarzlarini tölab bergan va bolani otasi bilan birga uyiga olib kelib yurgan. Qöşnilarga esa göyoki bolaning otasi bilan munosabatda ekandek köringan, bolani esa ukasi deb atagan. Biroq Veraning 6 yoşli qizi asl vaziyatdan xabardor bölgan va bolani "dada" deb atab yurgan.
Tergov 2016 yil boşida maktab direktori politsiyaga murojaat qilgandan keyin boşlangan. Veraning aytişiça, aynan şu vaqtlarda u öquvçisidan homilador bölib qolgan. Bolaning oilasi uni qöllab-quvvatlagan, biroq ijtimoiy xizmatda söroq qilingandan keyin homilani oldirib taşlagan.
Tergov ayol uzoq vaqt yon-atrofdagilarni aldab kelganini vaj qilgan. Sudda öqituvçi bolalarga xavf solmasa-da, bu hukm bilan jamiyatga signal berib, öqituvçilar öquvçilari bilan işqiy munosabatlarga kirişmasligi kerakligini körsatib qöyişga qaror qilingan.












