Toşkent şahrida 24-oktabrga ötar keçasi atmosfera havosi sifati vaqtinça yomonlaşişi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Qömita prognoziga köra, keçki va tungi soatlarda havodagi PM2.5 va PM10 zarraçalari miqdori ortib, havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay» darajaga yetişi kutilmoqda.
Milliy havo sifati indeksida esa körsatkiçlar asosan «sariq» darajada bölişi mumkin.
Bunga tunda havo haroratining pasayişi, şamolning kuçsizligi va kuçli harorat inversiyasi taʼsir qilişi mumkin. Bunday şaroitda atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvi çeklanib, mayda çang zarraçalari yer yuzasiga yaqin joyda töplanadi.
Tongdan boşlab harorat inversiyasi zaiflaşişi hisobiga havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda. Biroq ertalabki soatlarda poytaxtning ayrim hududlarida havo sifati «sezgir guruhlar uçun noqulay» darajada saqlanişi mumkin.

















