AQŞda Turkmanistondan paxta va paxta mahsulotlari olib kiriş taqiqlandi. Bu haqda AQŞning çegara va bojxona qöriqlaş boşqarmasi saytida ma'lum qilingan.
Uşbu qaror 18 may kuni qabul qilingan. Buning sababi keltirilmagan. Biroq avvalroq bunday qarorni faollar qöllab-quvvatlaşayotgani ma'lum qilingan. Faollarning ma'lumotlariga köra, Markaziy Osiyodagi qandaydir mahsulotni işlab çiqarişda majburiy mehnat qöllanadi.
Uşbu qarorni paxtaçilik tarmoğida bolalar va kattalarning majburiy mehnatini yöq qilişga kuraşuvçi Cotton Campaign koalitsiyasi qöllab-quvvatlagan. Avvalroq uşbu guruh Inditex, IKEA va H&M kabi yirik savdo tarmoqlari turkman paxtasini sotib olişdan voz keçişlariga erişgan.
AQŞning özi dunyodagi eng yirik paxta eksportçisi hisoblanib, uning hisobiga jahon eksportining uçdan bir qismi töğri keladi. Turkmanistonning uluşi esa 2 foizni taşkil qiladi.











