Prezident Şavkat Mirziyoyev «Iş haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Unga köra, 1 apreldan boşlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oşiriladi.
Şuningdek, 1 apreldan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 söm;
- yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 söm;
- nogironlik pensiyalari, jumladan iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 söm;
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 söm;
- 1941–1945 yillardagi uruş oqibatida nogiron bölgan şaxslar va uning qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 söm;
- belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 sömdan) 747 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 söm;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm qilib belgilanadi.
Boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun – 198 000 sömdan qöşiladi.
Boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.












