Navoiy viloyatida 2021 yilda DXMlar tomonidan 320 702 ta davlat xizmati körsatilgan. Korxona va taşkilotlar tomonidan davlat xizmatlari körsatilişida 4 392 ta qonunbuziliş holati aniqlangan. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boşqarmasi tomonidan yil yakuniga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanişiça, hozirda boşqarma va uning hududiy markazlari tomonidan aholiga 160 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari körsatilmoqda. 2021 yilda markazlar orqali jismoniy va yuridik şasxlarga jami 320 702 ta davlat xizmati körsatilgan. Ötgan yilda viloyatda 9 203 ta tadbirkorlik sub’yekti davlat röyxatidan ötkazilgan. Şundan 18 tasi xorijiy investitsiya iştirokidagi korxonalar, 4 095 tasi esa yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik sub’yektlari.

DXA Navoiy viloyati boşqarmasiga köra, 2021 yilda davlat xizmatlari körsatilişida soliq organlari 151 ta, yer resurslari va davlat kadastr idoralari 196 ta, moliya idoralari 44 ta, bandlik va mehnat munosabatlari idoralari 60 ta, hokimliklar 135 ta, soğliqni saqlaş muassasalari 669 ta, “Öztransgaz” AK 378 ta, quriliş va arxitektura 120 ta, boşqa kommunal xizmat körsatiş idoralari 2 003 ta qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan. Kiritilgan ta’sir çorasi natijasida vakolatli idoralarning 13 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.

Matbuot anjumani jurnalist va blogerlar Navoiy şahar DXMda xorijga çiqiş pasportlarini beriş böyiça xizmat körsatiş jarayoni bilan ham tanişdilar.












