Xitoy Yer atrofidagi orbitada özining kosmosdagi imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida sun’iy yöldoşlar örtasida «havo janglari» ötkazişni boşladi. Bu haqda AQŞ kosmik operatsiyalar qömondonligi rahbari örinbosari general Maykl Getleyn ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, XXR va Rossiya kosmik texnologiyalar sohasidagi texnologik tafovutni qisqartirmoqda.

AQŞ Kosmik kuçlari ma’lumotlariga köra, orbitada «bir-birining atrofida sinxron harakatlangan va boşqarilgan beşta obekt» kuzatilgan. «Bu biz kosmosdagi havo janglari deb ataydigan narsa. Xitoy orbitada bir neçta sun’iy yöldoşlarning özaro hamkorligi asosida kosmik operatsiyalarni amalga oşiriş uçun taktika, usullar va jarayonlarni sinovdan ötkazmoqda», — deydi Getleyn.

Kosmik kuçlar vakili aytayotgan «havo janglari» hodisasi 2024 yilda past Yer orbitasida Xitoyning Shiyan-24 °C va Shijian-6 055A/B eksperimental sun’iy yöldoşlari iştirokida ötkazilgan manyovrlar seriyasi bilan boğliq. CNN’ning yozişiça, bunday texnologiyalar Xitoyga sun’iy yöldoşlarni yöq qiliş yoki ularni işdan çiqariş imkonini beradi, bu esa aloqani yoki duşman taraf qurolli kuçlarining raketalarni uçiriş va aniqlaş bilan boğliq operatsiyalariga xalaqit qiliş imkoniyatini taqdim etadi.

Getleynning ta’kidlaşiça, Xitoy va Rossiya «ğayrioddiy» imkoniyatlarni rivojlantirgan. U bunga misol sifatida sun’iy yöldoş signallarini buziş uçun radioelektron tösiqlarni qöllaş, razvedka sun’iy yöldoşlariga lazer bilan zarar yetkaziş va sun’iy yöldoşlarni uşlab, ularning orbitasini özgartiriş kabi manyovrlarni keltirdi. General bu vaziyatni «sönggi yillardagi yoki hatto butun tarixdagi eng murakkab strategik vaziyat» deb atadi. «Ilgari biz bilan eng yaqin «hamkasblarimiz» örtasida tafovut bor edi, bu, asosan, AQŞning texnologik ustunligi bilan boğliq edi... Ammo endi bu tafovut sezilarli darajada qisqardi», — deydi u.

Vaşingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining kosmosda xavfsizlikni ta’minlaş loyihasi direktori örinbosari Kleyton Svoupning aytişiça, bir sun’iy yöldoşning boşqasiga yaqinlaşişi tör, snaryad yoki lazer kabi energetik quroldan foydalanib, uni egallab oliş mumkinligini anglatadi Ammo bunday manyovrlardan yonilği quyiş yoki texnik xizmat körsatişda ham foydalaniş mumkin. Svoupning qöşimça qilişiça, Xitoy «murakkab manyovrlarni amalga oşiriş qobiliyatiga ega sun’iy yöldoşlarni tobora köproq uçirmoqda».