U 27 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudi tomonidan JK 168-moddasi 3-qismining "a", "v" bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 228-moddasining 3-qismi va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Sud jinoiy guruh rahbari bölgan Mirzamurod Yunusaliyev – 9 yil, uning şeriklari Ğofurjon Murodjonov – 8 yil, Amiran Qudratov – 8 yil, Erkin Şaripov – 8 yil, Sirojiddin Yölçiyev – 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi.

Guruhning qolgan 8 nafar a'zosi JKning 72-moddasiga asosan, ularning guruhdagi iştirokçilik darajasi inobatga olinib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosidan şartli ravişda ozod qilinib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

Eslatib ötamiz, 2017 yil may oyidan qidiruvda bölgan M.Yunusaliyev 2019 yil 27 aprel kuni qölga olingan. U qidiruvdaligi bois harakatdan töxtatib qöyilgan jinoyat işi qayta tiklangandi.
DXX Tergov boşqarmasi tomonidan tergov qilingan Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan jinoyat işidan alohida iş yurituviga ajratib olingan jinoyat işi böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari şu yilning boşida nihoyasiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Tergov harakatlari davomida M.Yunusaliyev 2016 yil yanvar oyida «ERKIN AVTO DILLER» nomli MÇJ zamirida «moliyaviy piramida» taşkil etib, bu işga özining önga yaqin jinoiy şeriklarini jalb qilgani, ular yordamida 6636ta holatda 4000 nafarga yaqin fuqaroning 26 mln 870 ming 51 AQŞ dollari va 18 milliard söm miqdordagi pul va boşqa mol-mulklarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Jinoyat işi böyiça qariyb 8 milliard sömlik 18ta köçmas mulk obektlari (uy, çoyxona, dökon binosi, noturar bino va inşootlar) xatlangan. Fuqarolarga tegişli 85ta yengil avtomaşinalar aşyoviy dalil tariqasida olingan. Uşbu avtomaşinalarning barçasi belgilangan tartibda baholanib, öz egalariga qaytarilgan.











