Özbekiston prezidenti «2025 yil uçun xususiylaştiriş dasturi töğrisida» farmon imzoladi.
Hujjat bilan, 2025 yilda xususiylaştirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari quyidagilar böladi:
- 30 trillion sömlik davlat aktivlari va yer uçastkalarini sotiş va kamida 10 trillion söm tuşumni ta’minlaş;
- davlat va davlat iştirokidagi korxonalarga tegişli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi uluşlarni, 659 ta köçmas mulk obektini va 6,1 ming gektar yer uçastkalarini savdoga çiqariş;
- dastlabki bosqiçda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uçastkalaridan foydalaniş huquqini savdoga çiqariş.
2030 yil 1 yanvargaça davlat iştirokidagi korxonalarni taşkil etişga moratoriy joriy qilindi. Mudofaa va xavfsizlik bilan boğliq korxonalar hamda prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Farmonga binoan, respublika va mahalliy ijro organlari tomonidan köçmas mulk sotib oliş, davlat funksiyasiga va davlat mulkiga egalik qiliş mezonlariga mos bölmagan korxonalarni taşkil etiş taşabbusi bilan çiqişga yöl qöyilmaydi.
Maydoni 10 ming metr kvadratgaça bölgan davlat mulki obektlari yuqori texnologiyali mahsulot işlab çiqaradigan tadbirkorlarga 5 yil muddatga töğridan töğri tekin foydalanişga beriladi hamda şartnoma şartlari bajarilgan taqdirda uşbu tadbirkorlarga baholangan qiymatda töğridan töğri sotiladi.
Boşlanğiç narxini bosqiçma-bosqiç pasaytiriş mexanizmi qöllangandan keyin ham 1 yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uçun jozibador bölmagan köçmas mulk obektlari boşqa yuridik şaxslarning ustav kapitaliga uluş sifatida kiritiladi.
Bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy iştirok etişi töğrisidagi talab bekor qilindi.
UzAuto Motors xususiylaştiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham













