Uchtepa va Shayxontohurdagi elektr uzilishlariga nima sabab bo‘ldi?
12 dekabr kuni Toshkentning Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida fuqarolar elektr ta’minoti idoralarida to‘plandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu uzilishlar yangi tartib bo‘yicha xonadonning elektr iste’moli soatiga 10-15 kW'dan oshganda cheklov kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shundan keyin bu tartib hozirgi sovuq havoni inobatga olib vaqtincha to‘xtatildi.
9 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi. 12 dekabrga kelib ayrim hududlarda havo harorati -20 darajaga pasaydi. Aholi qorga burkangan tabiat ne’matidan bahra olish bilan birga sovuqning qattiq zahrini ham totib ko‘rishdi. Bunga elektr uzilishlari, gaz bosimining pasayishi sabab bo‘ldi. 12 dekabrdan 13 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Uchtepa, Shayxontohur, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida chiroq o‘chganligi sababli fuqarolar tuman elektr ta’minoti bo‘limlarida to‘planishgan.
Kun.uz Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati rahari Faxriddin Nuraliyev bilan jonli bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha izoh oldi. U vaziyatdan xabardorligini va bu holat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan shunday noqulay ob-havo sharoitlarida hisoblagichlar orqali cheklovlar kiritish amaliyoti joriy etilishi bilan bog‘liq ekanini aytdi.
“Bu Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga asosan joriy etildi. Elektr energiya iste’moli avtomatlashtirilgan tizim orqali qarordagi me’yordan oshib ketsa (10-15 kilovatt), uzib qo‘yiladi.
Bu kiritilgan funksiya orqali mamlakatimiz elektr tarmoqlaridagi transformatorlar, kabellarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldi olindi. Bu bilan uzoq vaqtli uzilishlar oldi ham olindi. Qolaversa, iste’molchilarga teng taqsimlash imkoni paydo bo‘ldi.
Bunday holat faqat hovlilarda yashovchi aholida bo‘ldi. Chunki bunday xonadonlarda elektr nisbatan ko‘proq ishlatiladi. Ayni paytda bu amaliyot to‘xtatildi. Chunki ko‘plab iste’molchilar energiya ta’minotidan uzilib qoldi.
Bu amaliyotda iste’molchi belgilangan miqdordan ko‘p ishlatsa, avtomatik tarzda uziladi va ko‘p elektr sarflayotgan jihozlarni elektrdan ajratish bilan yana qayta ulanadi. Iltimos qilardimki, iste’molchilarimiz elektrdan to‘g‘ri foydalanishsin”, - deya iste’molchilarga murojaat qildi Nuraliyev.
Tavsiya etamiz
Yo‘llarda drift qilish, yo‘laklarni «shaxmat» kabi almashtirish – «prava»dan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi
O‘zbekiston | 17:09 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
O‘zbekiston | 10:10 / 22.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
O‘zbekiston | 10:43 / 21.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
O‘zbekiston | 11:23
-
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 11:20
-
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 11:18
-
Farg‘onada kompyuter klubi xodimlarini kaltaklaganlar qamoqqa olindi
Jamiyat | 11:14
Mavzuga oid

20:42 / 21.02.2025
Senat chiqindidan qarzi bor fuqarolarga elektr to‘lovini cheklash haqidagi qonunni ma’qulladi

14:55 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul

12:03 / 17.02.2025
Samarqandda elektr va gaz ta’minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi

21:26 / 16.02.2025