Özbekiston Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov Xalqaro press-klubning 30 dekabr kungi sessiyasida «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd»dagi davlat uluşini sotiş böyiça olib borilayotgan tayyorgarlik işlari haqida gapirdi.

«Bugungi kungaça 3 ta taklif kelib tuşgan. Tartib-qoidaga binoan buni hozir ayta olmayman. Bu böyiça auksion böladi. Rotşild kompaniyasi kelgan takliflarni yiğadi. U auksionni bir «ploşadka»si hisoblanyapti. Masalan, Rotşildlar «bu kompaniya 40 million (dollar) bildirdi, bunisi 50 million yoki 70 million dollar» deb kelib tuşgan takliflarni bizga taqdim etadi. Kimdir 70 million bermoqçi bölsa, şu bilan Özbekiston hukumati muzokarani boşlaydi. Buning ma'nosi şu narxni yana ham köpaytiriş böladi», – deya vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd»dagi davlat uluşini xususiylaştiriş uçun sotiş masalasi 2018 yildan buyon yangrab keladi.  Şu yilning noyabrida mazkur kompaniyadagi davlat uluşini sotiş böyiça xorijiy kompaniyalarga murojaat qilingan.

2020 yil 29 dekabrdagi Özbekiston prezidentining parlamentga yöllagan murojaatida ham 2021 yilda 83 ta yirik korxonadagi davlat uluşi sotuvga qöyilişi, xususan, «Koka-kola ichimligi» korxonasi tarmoğini xususiylaştiriş  işlari amalga oşirilişi aytilgandi.

Ma'lumot uçun, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MÇJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz uluşini davlat mulkini sotişda tender savdolarini ötkaziş böyiça davlat komissiyasi tomonidan belgilangan oşkora sotuv jarayoni orqali sotiş istagi töğrisida e'lon qilgan.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd»ning işlab çiqariş quvvatlari Toşkent, Namangan va Urgançdagi uçta korxonadan iborat. Şuningdek, jamiyat zamonaviy omborxonalar tarmoğiga ega. Bundan taşqari, Samarqandda yangi korxonani quriş rejalaştirilgan. 

2019 yil 31 dekabrda yakunlangan ön ikki oylik davrda jamiyatning daromadi 1,4 trln sömni taşkil etdi va bu körsatkiç 2018 yil 31 dekabr holatiga qariyb 46 foiz ösişni körsatdi.