Akbar Bekturdiyev rejissyorligida suratga olingan «Oyqiz ertagi» filmining treyliri chiqqanidayoq ko‘pchilikda kartinani ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq ortgan edi.
«Oyqiz ertagi»da bosh rollarni ijro etgan Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova filmda o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solishgan. Shu o‘rinda Yigitali Mamamjonov jang sahnalarini kaskadyorsiz o‘zi bajarganini, Yulduz Rajabova ham bu film uchun ancha jonbozlik ko‘rsatganini suhbatlardan birida rejissyor aytib o‘tgan edi.





Rejissyor filmga osmondan nom olib qo‘ymagan… Filmdagi voqealar Sarang malikasi Oyqiz tomonidan hikoya qilinadi. Rejissyor ushbu filmga dastavval “Cho‘l malikasi” deya nom qo‘yishni o‘ylaydi, ammo keyinchalik uning fikri “Oyqiz ertagi”da to‘xtaydi.





Filmda Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabovadan tashqari Alixan, Ma'ruf Otajonov, Dilbar Ikromova, Xayrulla Sa'diyev, Feruza Sobitova va boshqalar ishtirok etgan.




















