Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliha Husniddinova: Turnirlar yangi iste'dodlarni kashf qilishga yordam beradi
Toshkentning “Lokomotiv” qizlar jamoasi hujumchisi Soliha Husniddinova Sports.uz saytiga intervyu berdi. Unda yosh iste'dodli sportchi yaqinda bo‘lib o‘tgan universitet talaba qizlari o‘rtasidagi turnirdan olingan tajriba haqida fikr bildirib o‘tdi.

“Men Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi tarkibida to‘p surdim, – deydi Husniddinova. – Men professional o‘yinchilardan biri edim. Hammasi yuqori darajada bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar ayollar futbolida yangi so‘z ayta olganlari uchun ularga tashakkur aytishim kerak. Bu loyiha yurtimizda ayollar futbolining rivojlanishiga turtki bo‘ladi degan umiddaman. Bunday tadbirlar ko‘proq o‘tkazilishini istar edim”.

Husniddinova bunday turnirlarning yangi iste'dodlarni kashf qilishga ham imkon berishini ta'kidlab o‘tdi:
“Bunday musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilib turishini istar edim, ular tufayli yangi iste'dodlarni ochish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ayollar termasi kelajakda jahon miqyosida ham munosib o‘rin egallashi mumkin deb o‘ylayman”.