Netanyahuga oson bölmaydi

Sörovlar Netanyahu partiyasiga kiçik ustunlik bermoqda. Bu esa Isroil jamiyati yoppasiga Netanyahu va uning uruş kampaniyasini qöllamayapti degani. Muxolifatning asosiy eʼtirozi Netanyahu hukumati HAMASning 7-oktabrdagi hujumini ötkazib yuborganida. Ularning fikriça, Netanyahu bu maʼşum hujumning oldini oliş, dastlabki daqiqalarda töğri harakat qiliş va aybdorlarni jazolaş örniga hujumni siyosiylaştirib, öz manfaati yölida foydalangan. Ular HAMAS hujumining oldini ololmagani uçun amaldagi hukumat jazoga tortilişi kerak deb hisoblamoqda.

Netanyahuning asosiy raqibi «Yaşar» partiyasi lideri Gadi Eisenkot. Bu general öz vaqtida Isroil armiyasida ştab boşliği bölgan. Netanyahu tarğibot videolarida asosan uni qoralaşga eʼtibor qaratmoqda. Şundan biliş mumkin, general saylovda boş vazirning asosiy raqibi böladi.

Eisenkot avvallari hududda ikki millat uçun ikki davlat tuzilişini qöllagan, lekin HAMASning 7-oktabrdagi hujumidan keyin bu ortiq muhokama mavzusi emasligini aytgandi. Yaʼni HAMASning hujumi uning Falastin davlati tuzilişi kerakligi haqida fikrini özgartirgan. General saylovda yutsa, Ğazoda HAMAS boşqaruviga barham beriş, Isroilning xalqaro obrösini tiklaşga vaʼda bermoqda.

Qaysi partiyaga ovoz beriş böyiça sörovlarda Netanyahu partiyasi kiçik farq bilan ustun, «Kim boş vazir bölişga munosib?» degan sörovnomada esa general Eisenkot sezilarli farq bilan Netanyahuni ortda qoldirgan. Biroq bu saylov natijalari şunday bölişini anglatmaydi. Isroildagi saylov butkul boşqaça, bu yerda bir partiya yaqqol farq bilan yutolmaydi, jamiyat haddan taşqari xilma-xil, şu uçun koalitsiya tuzmay parlamentni nazorat qiliş imkonsiz.

Eisenkot fonida Netanyahu nihoyatda radikal ekani körinadi. Masalan, Eisenkot Isroildagi arablarni eʼtibordan çetda qoldirmaslik kerak, deydi. Çunki mamlakat aholisining 20 foizini arablar taşkil qiladi. Netanyahu va uning tarafdorlari esa arablarni oçiq bölmasa ham, radikal, terrorga moyil deb hisoblaydi. Buni ularning bayonotlari, harakatlaridan biliş qiyin emas.

Netanyahu Falastin yerlarida tinmay yahudiy manzilgohlari qurişni öylab, önlab yillar davomida bu işni amalga oşirib keldi. Eisenkot esa Falastin yerlarida yahudiylar uçun uy qurilişi vaziyatni faqat yomonlaştiradi deb hisoblaydi. Netanyahu nuqul uruş haqida gapirib, Isroilni töliq militarizatsiyalaşgan, doim Eron, Livan, Suriya, xullas atrofdagi hamma bilan uruşadigan armiyaga aylantirişni istaydi. Eisenkot esa azaldan uzoq muddatli tinçlik tarafdori bölgan.

U Falastin davlati öz armiyasiga ega bölişini istamaydi, lekin millionlab falastinlik hayotini Isroil boşqarişi tarafdori ham emas. Yaʼni Netanyahu kabi «Hamma yer bizniki, bu yerlarni bizga Xudo vaʼda qilgan», demaydi. «Qöşnimiz biz bilan kelişib yaşaydigan siyosiy boşqaruvga ega bölsin», deydi.