«Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi» - prezident hokimdan kafolat talab qildi
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida elektr energiyasidagi taqchillik o‘tgan yildagidan ham og‘irroq bo‘lishi mumkinligini aytib, viloyat hokimi va uning mas’ul o‘rinbosarini tanqid qildi va zudlik bilan tizimni yaxshilash bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rish lozimligidan ogohlantirdi.
«Samarqandda so‘nggi besh yilda elektr iste’moli 1,5 baravarga oshgan, lekin viloyatda deyarli generatsiya yo‘qligi sabab yil yakunida 650 million kilovatt soat yoki o‘tgan yilgiga nisbatan uch baravar ko‘p defitsit bo‘lishi kutilmoqda.
Hamma topshiriqni beryapmiz, lekin qishda «svet» o‘chsa, samarqandliklar Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayerga qarayapti, deydi. Tuman hokimi, viloyat hokimining noinsof o‘rinbosari shu sohaning egasi, oylik olyapti, noinsof, demaydi.
Shu uchun, Turdimov, bugun chiqib 650 million kilovatt nima bo‘ladi degan savolga tilxat bilan [javob bo‘lsin]. Men uni internetda tarqataman. Men hokim bo‘lib jamoam bilan kafolat beraman [de], bo‘lmasa, ana u muoviningni ishdan olib ketaman, o‘tir.
Bu viloyatning bir oylik elektr iste’moliga teng degani. Viloyatda ikkita mini GES 50 megavatt, bitta quyosh stansiyasi 300 megavatt ishlab chiqaradi, boshqa hech balo yo‘q. Tarmoq eskirgani sabab yiliga 550 million kilovatt soat elektr yo‘qotilyapti. Bu xiyonat, qip-qizil xiyonat.
Ahmadxo‘jayev [Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari] janobi oliylari, shu yerda qolasan, ketma Toshkentga. Ertaga vaziring keladi komandirovkadan, uni ham jo‘nataman. Necha marta aytish kerak, kengashda tasdiqlaganmisizlar buni? Hisob-kitobi bormi? Shuni hal qilib menga hisob berasan», degan prezident.
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon | 23:45 / 23.02.2025
-
APL. «Liverpul» «Etihad»da «Siti»ni mag‘lub etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi
Sport | 23:36 / 23.02.2025
-
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
Jahon | 23:03 / 23.02.2025
-
Shimoliy Koreyada ilmiy ishlarda ChatGPT’dan foydalanilayotgani aniqladi
Jahon | 22:42 / 23.02.2025
Mavzuga oid

20:42 / 21.02.2025
Senat chiqindidan qarzi bor fuqarolarga elektr to‘lovini cheklash haqidagi qonunni ma’qulladi

12:49 / 14.02.2025
So‘rovnoma: farg‘onaliklar 1 oyda svetga qancha sarflayapti?

10:42 / 09.02.2025
Toshkent shahrida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MChJ aniqlandi

13:17 / 01.02.2025