Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida yangi loyihalarni işga tuşiriş va qurilişiga start beriş marosimida iştirok iştirok etdi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, sönggi beş yilda viloyatga 20 trillion söm mablağ yönaltirilib, 7 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Xomaşyoni çuqur qayta işlaşga qaratilgan minglab loyihalar işga tuşirildi, aholi jon boşiga daromad uç baravar oşdi.

“Endi yetiştirilgan mahsulotni viloyatning özida çuqur qayta işlab, voha aholisining munosib daromad topişiga şaroit yaratiş kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu maqsadda umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bölgan 161 ta loyiha tayyorlangan. Marosimda 69 ta loyiha işga tuşirildi, yana 92 tasining qurilişiga start berildi.

Işga tuşirilayotgan 28 ta sanoat korxonasida 7 mingga yaqin doimiy iş örni yaratilmoqda. Italiyaning “Cotonella” brendi yiliga 8,5 million dona tayyor trikotaj mahsuloti işlab çiqarişni yölga qöymoqda. Koson, Mirişkor va Kasbi tumanlarida töqimaçilik sohasida yana 14 ta loyiha boşlanmoqda. Ular hisobidan 18 mingta iş örni yaratiş közda tutilgan.

Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaşda ham yangi quvvatlar taşkil etilmoqda. AQŞlik hamkorlar iştirokidagi “Wosune Food Ingredients Karshi” korxonasi 3,5 ming gektar maydonda yetiştiriladigan 100 ming tonna meva-sabzavotni qayta işlaydi. Uning 40 million dollarlik mahsulotini “Nestlé” va “Purina” kabi xalqaro brendlar uçun eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan. Misr va Pokiston investorlari esa Nişon va Ğuzor tumanlarida 24 ming gektar yerni özlaştirib, kartoşkaçilik va çorvaçilik loyihalarini boşlamoqda.

Oqsuv daryosida umumiy quvvati 24 MW bölgan uçta gidroelektr stansiyasi işga tuşirildi. Qarşi tumanida Xitoyning “Shanghai SUS” kompaniyasi iştirokida çiqindidan elektr energiyasi işlab çiqaradigan 150 million dollarlik zavodni yil yakuniga qadar işga tuşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, Kitob, Yakkaboğ va Şahrisabz tumanlarida umumiy quvvati 58 megavatt bölgan töqqizta mikroGES barpo etiladi.