Toşkent metallurgiya zavodi özining ta’sisçilari özgargani va bankrotlik xavfi bilan yuzlaşgani ma’lum bölişi ortidan, bu borada rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq zavodning 49,9 foiziga Özbekiston nomidan egalik qiluvçi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi sudga murojaat qilib, MÇJ şaklidagi kompaniyaning qolgan ikkita ta’sisçisi – Metalloinvest Holding (41,87%) va Miramonte Investmens (8,23%)ni jamiyat iştirokçilari qatoridan çiqarib yuborişga erişgandi.

Jamğarmaga köra, bu ikki ta’sisçining “harakatsizligi” zavodni bankrotlik xavfi ostida qoldirgan. Xususan, 2022 yil yakunlari böyiça sof zarar 316,8 mlrd sömni, 2017-2022 yillarda töplangan zarar esa 916,92 mlrd söm (taxminan 79,5 mln dollar)ni taşkil etgan.

Sud Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining da’vosini qondirgan va ofşorda röyxatda ötgan ikki javobgar ta’sisçi jamiyat iştirokçilari tarkibidan çiqarilgan. Şu tariqa, zavod körgan zararlari va öz zimmasidagi millionlab yevrolik qarzlar bilan, davlat jamğarmasining ixtiyorida qolgan.

7 iyul kuni Toşkent metallurgiya zavodi tarqatgan bayonotda 900 mlrd sömdan ortiq zarar yiğilişining asosiy omillari oçiqlanmagan.

“Kompaniya ta’sisçilari tarkibidagi özgarişlar işlab çiqariş barqarorligiga va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni öz vaqtida bajariş imkoniyatiga ta’sir qilmaydi.

TMZ qarzdorligi tijorat faoliyati orqali tölanadi. Davlat Kompaniyaning majburiyatlari böyiça javobgar emas”, – deyiladi bayonotda.

Kompaniya “quriliş va işlab çiqarişni moliyalaştiriş uçun kredit jalb qiliş yirik korxonalar uçun odatiy hol” ekanini qayd etib, zavod, tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026 yildan daromadga kirişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uçun, 2020 yilda işga tuşirilgan Toşkent metallurgiya zavodi ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan pölat prokat işlab çiqaradi.

Zavod loyihasining umumiy qiymati avvaliga 278,2 million yevroga baholangan, keyinçalik bu miqdor 334,47 mln yevrogaça oşirilgan