Davlat bojxona qo‘mitasi fuqarolarning pasport ma'lumotlari o‘g‘irlanishi yuzasidan tekshiruv boshladi
Chet eldan kelgan fuqarolar pasport ma'lumotlari o‘g‘irlanib, boshqa telefonlarga uzimei’dan ro‘yxatdan o‘tkazilayotgani haqidagi shikoyatlar ortidan, Davlat bojxona qo‘mitasi bu borada tekshiruv tayinlanganini xabar qildi.
«Bu kabi holatlarga duch kelgan fuqarolarimizdan Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli ishonch telefoni 11-08ga murojaat qilishlari so‘raladi», – deyilgan idora axborotida.
Qo‘mita tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berishini ma'lum qilgan.
Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ham bu borada bayonot berib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingani va tergov-surishtiruv ishlari ketayotganini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, chet eldan kelgan bir qator fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, ular chet eldan olib kelgan telefonini uzimei tizimida ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti. Chunki ularning pasport ma'lumotlariga allaqachon boshqa mobil qurilmalar ro‘yxatga olingan bo‘lib chiqmoqda.
Ayni holatda bir yoki bir nechta tuzilmalar xodimlari chetdan kelgan fuqarolarning pasport ma'lumotlarini begonalarga pullayotgan, ular esa shu orqali chetdan telefonlarni bojsiz olib kirayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024