Taqdimotda “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari xorijiy kompaniyalar bilan erişilgan kelişuvlar, özlaştirilişi kutilayotgan modellar haqida axborot berdi. Elektromobillar işlab çiqarişni yölga qöyiş, quvvatlaş stansiyalari tarmoğini kengaytiriş, butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş masalalari muhokama qilindi.

– Elektromobillar kundalik hayotimizga jadal kirib boryapti. Import oşyapti. Nima uçun? Çunki talab bor. Bunday maşinalarning xarajati kam. Eng muhimi, odamlarimiz şuni ma’qul köryapti. Şunday ekan, xalqimizga zamonaviy elektromobillar yetkazib berişimiz kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Elektromobillarning yuriş xarajati oddiy avtomobilga nisbatan 10 baravar, tabiatga zarari esa 3 baravar kam. Rivojlangan mamlakatlarda bunday transportlardan foydalaniş köpaymoqda. Buning uçun katta infratuzilma kerak.

– Har bir qarorimizda bir yillik emas, ön yilliklarni közlaşimiz kerak. Ekologiyani inobatga olib, kelajakni inobatga olib, bu tarmoqni hozirdan rivojlantirişimiz zarur. Buni qança tez qilsak, avtomobil bozorida raqobat paydo böladi. Boşqa elektromobil kompaniyalari ham keladi, – dedi Prezident.

Sohada tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan qöşma korxona taşkil qilib, ommabop elektromobillar işlab çiqarişni yölga qöyiş zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari elektromobillarning narxi arzon bölişi kerakligiga alohida e’tibor qaratdi. Bu esa butlovçi qismlarning mahalliylaştirilganlik darajasiga boğliq. Elektromobil tannarxi 30 foizini akkumulyator, 10 foizini elektr ötkazgiçlar taşkil qiladi. Litiy, mis, grafit kabi xomaşyo zaxiralaridan foydalanib, bunday qismlarni bemalol özimizda işlab çiqariş mumkinligi körsatib ötildi.

Şuningdek, mahalliy elektromobil xaridi uçun olingan kredit foizining bir qismi qoplab berilişi belgilandi.

Elektromobillarga xizmat körsatiş tarmoğini kengaytiriş masalasiga ham töxtalib ötildi. Kelgusi ikki yilda joylarda ikki mingta quvvatlaş stansiyalari taşkil etiş vazifasi qöyildi. Bu stansiyalarga ham yer, mulk va foyda soliğidan imtiyoz qöllaniladi. Tadbirkorlarga quvvatlaş stansiyalari orqali elektrni erkin narxda sotiş huquqi beriladi.