2023 yil 1 oktyabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qömitasi va boşqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar töğrisidagi ma’lumotlar uşbu tizimlarni özaro integratsiya qiliş orqali “Raqamli Toşkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

2024 yil 1 yanvardan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim körsatkiçlari belgilanadi va ularning bajarilişi “Toşkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati  tomonidan monitoring qilinadi.

Toşkent şahridagi davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovining eng kam stavkalari hamda kiçik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan tölanadigan ijara tölovi miqdorlari har yili 31 dekabrgaça bozor tamoyillari asosida belgilanadi. 

2023 yil 1 oktyabrdan Toşkent şahrida belgilangan obektlar negizida kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQŞ dollarigaça ekvivalentdagi davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvargaça kommunal xizmat körsatiş korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toşkent” kompleks dasturiga integratsiya qiliş orqali muammolarni aniqlaş va tezkor hal etiş tizimi joriy qilinadi.

2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ korxonalarining Toşkent şahri filiallari “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” MÇJ va “Toşkent şahar gaz ta’minoti” MÇJ sifatida qayta taşkil etiladi.

2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan tölov asosida foydalaniladi.