Jahon | 10:43 / 23.04.2019
51634
2 daqiqa o‘qiladi

Intriga tugadi. Nazarboyev Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surdi

Foto: Vladislav Vodnev / RIA Novosti

Nur Otan partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qosim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda

"Yangi rahbariyatga xalqning yuksak ishonchi bo‘ladi. Partiya raisi sifatida Qosim-Jomart Toqayev nomzodini ko‘rib chiqish uchun taklif etaman. Senat raisi sifatida u parlamentarizm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U o‘tgan yillar davomida mening sodiq tarafdorim bo‘lib keldi", - dedi Nursulton Nazarboyev Nur Otan’ning navbatdan tashqari XIX qurultoyida.

Qurultoyda barcha darajadagi deputatlar, siyosiy kengash a'zolari, partiya faxriylari, mintaqaviy filiallar, birlamchi partiya tashkilotlari vakillari va “Jas Otan” yoshlar qanoti faollari ishtirok etmoqda.

Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning amaldagi prezidenti sanaladi. Aprel oyi boshlarida davlat rahbari 9 iyun kuni mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qildi. 

Mavzuga oid