Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev özi rahbarlik qiladigan Nur Otan partiyasini zudlik bilan s'yezd ötkaziş va prezident saylovlarida iştirok etiş uçun nomzod körsatişga çaqirdi.
"Keça Qosim -Jomart Toqayev qonuniy huquqidan foydalanib, Qozoğiston prezidentligiga muddatidan oldin saylov ötkaziş töğrisidagi farmonni imzoladi. Saylov hukumat qonuniyligini va mamlakatdagi barqarorlikni ta'minlaşni mustahkamlaş uçun zarur. Endi biz partiya s'yezdini ötkazib, bölajak prezident sayloviga nomzodni ilgari surişimiz kerak", - degan Nazarboyev.
Eslatib ötamiz, Qozoğistonni deyarli 30 yil boşqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste'foga çiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bölgan Qosim-Jomart Töqayev davlat rahbariga aylandi. Seşanba kuni Töqayev respublika prezidenti lavozimi uçun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bölib ötişi haqida ma'lum qildi.
Avvalroq OAVda Nursulton Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston prezidentligiga öz nomzodini qöymasligi haqida ma'lumot paydo bölgandi.

















